Turkiya milliy qilichbozi Martino Minuto Flore Satellite turnirida bronza medal sohibi bo’ldi

Yarim finalda ispaniyalik raqibi Karlos Llavadorga 15-5 hisobida mag’lub bo’lgan Martino Minuto 104 sportchi bellashgan turnirda bronza medalni qo’lga kiritdi.

917851
Turkiya milliy qilichbozi Martino Minuto Flore Satellite turnirida bronza medal sohibi bo’ldi

Turkiya milliy qilichbozi Martino Minuto Ispaniyada o’tkazilgan Flore Satellite turnirida bronza medal sohibi bo’ldi.

Turkiya qilichbozlik federatsiyasi ma’lum qilishicha, Barselona shahrida o’tkazilgan turnirda chorak finalda argentinalik raqibi Augusto Antonio Servello bilan bellashgan italyan millatiga mansub Turkiya milliy sportchisi Martino Minuto raqibini 15-8 hisobida mag’lub etib yarim final bosqichiga ko’tarildi.

Yarim finalda ispaniyalik raqibi Karlos Llavadorga 15-5 hisobida mag’lub bo’lgan Martino Minuto 104 sportchi bellashgan turnirda bronza medalni qo’lga kiritdi.

Martino Minutoni yarim finalda mag’lub etgan Karlos Llavador birinchilikni qo’lga kiritib, oltin medal sohibi bo’ldi.

Misrlik Alaaeldin Abouelkassem esa, ikkinchi o’rinni egalladi.

Yarim finalda Martino Minutodan tashqari fransuz sportchi Thibault Bekkat ham bronza medal sohibi bo’ldi.

 

 



Aloqador xabarlar