Turkiya terma jamoasi Horvatiyadagi turnirda 6 medalni qo'lga kiritdi

Turnirda Do’gush Ayazji (55 kg vazn toifasida) oltin, Rahmon Biliji (63 kg), Yunus O’zel (72 kg) va Ramazon Sari (130 kg) kumush, Muslim Alinli (55 kg) va Volkan Chakil (67 kg) bronza medal sohibi bo’ldi.

903192
Turkiya terma jamoasi Horvatiyadagi turnirda 6 medalni qo'lga kiritdi

 

Horvatiyada o’tkazilgan “Golden Grand Prix” turniri musobaqalarida turk kurashchilar 6 medalni qo’lga kiritdilar.

Turkiya Kurash federatsiyasi ma’lumotiga ko’ra, poytaxt Zagrebda o’tkazilgan kurash turnirida Turkiya milliy terma jamoasi 1 oltin, 3 kumush, 2 bronza medalni qo’lga kiritdi.

Turkiya milliy terma jamoasi jami 136 bal to’plab jamoalar o’rtasida birinchilikni qo’lga kiritdi.

Mojariston 134 bal bilan ikkinchi, Belorus 114 bal bilan uchinchi o’rinni egalladi.

Turnirda Do’gush Ayazji (55 kg vazn toifasida) oltin, Rahmon Biliji (63 kg), Yunus O’zel (72 kg) va Ramazon Sari (130 kg) kumush, Muslim Alinli (55 kg) va Volkan Chakil (67 kg) bronza medal sohibi bo’ldi.

 


Tanlangan kalimalar: #Horvatiya , #Turkiya , #kurash , #Golden Grand Prix

Aloqador xabarlar