Rio-2016:Milliy kurashchi Taha Akgul Turkiyaga olimpiada oltin medalini olib keldi

Finalda eronlik raqibi Komeil Nemat Ghasemini 3-1 hisobida mag’lub etgan Taha Akgul tarixida ilk olimpiada oltin medalini qo’lga kiritdi.

556085
Rio-2016:Milliy kurashchi Taha Akgul Turkiyaga olimpiada oltin medalini olib keldi

Turkiya milliy kurashchisi Taha Akgul Turkiyaga Riodagi olimpiada o’yinlarida dastlabki oltin medalini olib keldi.

Braziliyaning Rio de-Janeyro shahridagi “Carioca Arena” maydonida bo’lib o’tgan kurash musobaqalari finalida 125 kg vazn toifasida jahon chempioni Taha Akgul bilan eronlik kurashchi Komeil Nemat Ghasemi maydonga tushdi.

Finalda eronlik raqibi Ghasemini 3-1 hisobida mag’lub etgan Taha Akgul tarixida ilk olimpiada oltin medalini qo’lga kiritdi.

Bu bilan Turkiya Rio-2016da kurash bo’yicha 5 ta bo’lib, jami 8 ta medal to’plashga muvaffaq bo’ldi.

Bellashuvdan so’ng, Turkiya Yoshlik va sport vaziri Akif Chag’atay Kilich maydonga kelib milliy kurashchi Taha Akgulni g’alabasi bilan tabrikladi.

Turkiya iftixori milliy kurashchi turk bayrog’ini ko’tarib, g’alabaning zavqini chiqardi.

Dastlabki turni bellashuvsiz oshib o’tgan Taha Akgul, ikkinchi turda mo’g’ul raqibi Chulunbat Jargalsaikhan, chorak finalda esa, belorusiyalik Ibrahim Saidauga ochko jihatdan ustunlikni qo’lga kiritdi.

Taha Akgul yarim finalda esa, arman raqibi Levan Barianidzeni 3-1 hisobida mag’lub etib, finalga yo’llanma olgan edi.

125 kg vazn toifasida belorusiyalik Ibrahim Saidau va gruzin Geno  Petriashvili bronza medal sohibi bo’ldilar.

 

 

 



Aloqador xabarlar