EURO-2016:Rus va ingliz tarafdorlarning tartibsizliklari osoyishtalikni buzmoqda

Fransiyadagi BFM telekanali Lill vokzali yaqinlarida rus ishqibozlar ingliz va Uels tarafdorlariga hujum qilganini xabar qildi.

511249
EURO-2016:Rus va ingliz tarafdorlarning tartibsizliklari osoyishtalikni buzmoqda

Yevropa futbol chempionati davom etar ekan, rus va ingliz ishqibozlarning to’qnashuvlari chempionatga o’z ta’sirini ko’rsatmoqda.

Shanba kuni Fransiyaning Marsel shahrida sodir bo’lgan to’qnashuvlardan so’ng, bu safar Lill shahrida ruslar bilan ingliz ishqibozlar o’rtasida janjal kelib chiqdi.

Fransiyadagi BFM telekanali Lill vokzali yaqinlarida rus ishqibozlar ingliz va Uels tarafdorlariga hujum qilganini xabar qildi.

Bir-biriga o’rindiqlar, shishalar bilan hujum qilgan tarafdorlar politsiya xodimlarining kuchi bilan bostirildi.

Lill hokimi Michel Lalande ma’lum qilishicha, chorshanba va payshanba kuni oqshomdan keyin barlar xizmat bermaydi.

Rossiya terma jamoasi bugun Lill shahrida Slovakiya terma jamoasi bilan bellashadi.

EURO-2016da Fransiyaning Lens shahrida payshanba kuni Angliya terma jamoasi Uels terma jamoasi bilan bellashadi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar