Ertaga Fransiyada Yevropa Futbol chempionati EURO-2016 boshlanadi

EURO-2016 munosabati bilan taxminan 8 million muhlisning Fransiyaga kelishi kutilmoqda.

507088
Ertaga Fransiyada Yevropa Futbol chempionati EURO-2016 boshlanadi
paris, çöp.jpg
fransa polisi.jpg

Ertaga Fransiya mezbonligida Yevropa Futbol chempionati EURO-2016 boshlanadi.

Ma’lum bo’lgani kabi, mamlakatda hamon ish tashlash namoyishlari davom etmoqda.

Parijda shahar bo’ylab chiqindilarni to’plash markazi ishchilari seshanba kuni ish tashlash e’lon qilgan edi, shu sababli poytaxt ko’chalaridagi axlat yig’inlari tozalanmayotir.

Shaharning bir qancha hududlarida axlatlar to’planib ketgan.

Har kuni 200 ta transportda taxminan 2000 tonna chiqindi to’plangan markazda yilda 700000 tonnaga yaqin chiqindi qayta ishlanadi.

Davlat temir yo’li xodimlarining ish tashlash namoyishi ham mamlakat bo’ylab transport safarlariga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.

Mahalliy temir yo’llari idorasi ma’lum qilishicha, ish tashlash oqibatida bu soha taxminan 300 million evro zararga uchragan.

Darg’azab ishchilar butun mamlakat bo’ylab reklama qilingan Yevropa Futbol chempionati kubogini poytaxtga olib kelgan poyezd harakatiga to’sqinlik qildilar.

Poytaxtga bir amallab keltirilgan kubog politsiya xodimlari himoyasida tegishli vakillarga topshirildi.

Fransiyada mahalliy havo yo’li shirkati Air France uchuvchilari esa, 11-14 iyun kuni ish tashlash e’lon qiladi.

Fransiya Transport vaziri Alain Vidalies EURO-2016 oldidan temir yo’li va havo yo’llari xodimlarining ish tashlash namoyishini katta mas’uliyatsizlik deb baholadi.

Ayni paytda, chempionat musobaqalari o’tkaziladigan mamlakatda ehtimoliy terrorchilik harakatidan havotir olinmoqda.

Musobaqa o’tkaziladigan shtatlarda xavfsizlik nazorati kuchaytirilgan, hukumat ham xavfsizlik choralarini yuqori darajaga olib chiqish uchun davlatning bor imkoniyatlarini safarbar qilgan.

10 iyundan 10 iyulgacha davom etadigan turnirda, jami 10 ta shaharda 51 marta musobaqa o’tkaziladi.

EURO-2016 munosabati bilan taxminan 8 million muhlisning Fransiyaga kelishi kutilmoqda.



Aloqador xabarlar