Matbuot sharhlari 17.04.2024

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

2128749
Matbuot sharhlari 17.04.2024

Yeni Şafak gazetasi: Erdo‘g‘an: Arbilga borib qolishim mumkin. Vazirlar kengashi yig‘ilishi ortidan Kulliyada prezidentlik apparati muxbirlari bilan suhbatlashgan Prezident Erdo‘g‘an, yaqin kunlarda Iroqqa rasmiy tashrif uyushtirishiga e’tibor qaratib, uning ahamiyatini ta’kidladi. Mavzu haqida: Ko‘plab shartnoma imzolanadi. Turkiya – Iroq munosabatlarini farqli nuqtaga olib chiqamiz. Arbilga borib qolishim mumkin”. – dedi.

Sabah gazetasi: G‘azoga yuborilgan to‘qqizinchi yordam kemasi Mersindan yo‘lga chiqdi. Gʻazoga yetkazib berilishi uchun Turk Qizil yarim oy jamiyati tomonidan tayyorlangan 3 ming 774 tonna insonparvarlik yordami yuklangan kema kecha Mersin Xalqaro portidan yoʻlga chiqdi. Turk Qizil yarim oy jamiyati Bosh direktori Fatma Merich Yilmaz, “Bugungacha Gʻazoga 13 ta samolyot, 8 ta kema ketdi. Toʻqqizinchi kemamizni yubordik. Bu kemamiz bugunga qadar bir safarda eng koʻp yordam olib ketgan kemamiz boʻldi”, - degan ifodalarga oʻrin berdi.

Hürriyet gazetasi: Turkiyaning ilk kuzatuvchi sun’iy yoʻldoshi IMEJE (İMECE) muvaffaqiyatli ravishda birinchi yilini tamomladi. Sanoat va texnologiya vaziri Mehmet Fatih Kajir, mahalliy va milliy kuzatuv imkonlar bilan ishlab chiqarilgan Turkiyaning birinchi yuqori aniqlikdagi sun’iy yoʻldoshi IMEJEning kosmosdagi birinchi yilini tamomlagani haqida ma’lumot boʻlishdi. Kajir mavzu haqida ijtimoiy tarmoq hisobi orqali, “IMEJE orbitaga chiqqanidan beri oʻz vazifasini muvaffaqiyatli ravishda bajardi”, - deya gapirdi.

Star gazetasi: Turkiya bilan Ozarbayjon birgalikda qurdi. Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Turkiya bilan Ozarbayjon hamkorligida tashkil etilishi rejalashtirilayotgan Turkiya - Ozarbayjon universitetini rasmiy ravishda tasdiqladi.

Vatan gazetasi: KEMANKESH - 2 (KEMANKEŞ -2) deb nomlangan miniy va aqlli qanotli raketaning test jarayoni boshladi. Baykar tomonidan ishlab chiqarilgan yuqori texnologiyali insonsiz tizimlarning sinovlari muvaffaqiyatli ravishda davom etmoqda.KEMANKESH - 2 (KEMANKEŞ -2) deb nomlangan miniy va aqlli qanotli raketaningEdirnening Keshan tumanidagi Baykar parvoz mashqi va sinov markazida amalga oshiriladigan test jarayoni boshlandi.

 

 



Aloqador xabarlar