Matbuot sharhlari 27.03.2024

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

2120992
Matbuot sharhlari 27.03.2024

                             

Hurriyat gazetasi: “Belgiya Tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Belgiyada PKK tarafdorlarining turk jamiyatiga mansub masjid va uyushmalarga hujumlari davom etar ekan, Tashqi Ishlar Vazirligi, o’zgarishlarni yaqindan kuzatib borayotganini va Turkiya TIV rahbari Hakan Fidanning Belgiya TIV rahbari bilan muloqot qilganini ma'lum qildi.

 

Sabah gazetasi: “Vazir Mehmet Fatih Kajir: Turk xalqi samoga imzo chekdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Sanoat va texnologiya vaziri Mehmet Fatih Kajir, Turkiya 2000-yillarda kuchli iroda bilan fazo texnologiyalari bo’yicha loyihalarni amalga oshirganini ma'lum qildi.

 "Turkiya “Bayraktar”, “Anka”, “Akasungur”, “Akınji”, “Hurkush”, “Hurjet”, “Atak”, “Go'kbey”, “Qizilelma” va “Kaan”ni ishlab chiqardi, Turk millati tom ma'noda osmonga o'z imzosini chekdi" dedi Fatih Kajir.

 

Vatan gazetasi: “Istanbulga 2 oyda 2 million 457 ming sayyoh keldi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, 2024 yilning dastlabki 2 oyida Istanbulga 2 million 457 ming 518 nafar chet ellik turist tashrif buyurdi. Istanbulga kelgan xorijlik sayyohlar soni o'tgan yilning shu davriga nisbatan 8,08 foiz ortdi. Fevral oyida shaharga kelgan sayyohlar orasida ruslar birinchi o’rinda.

 

Star gazetasi: “ANKA III uchinchi marta samoga parvoz qildi”  sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turk aviasozlik va koinot sanoati, 2023-yil 28-dekabrda birinchi parvozini amalga oshirgan “ANKA III” uchuvchisiz havo vositasi ustida ishlab chiqish va sinov faoliyatini davom ettirmoqda. Birinchi parvozdan keyin kamchiliklar bartaraf etilib, yangi sinov parvozlarini amalga oshirgan “ANKA III” uchinchi marta osmonga parvoz qildi.  Oxirgi parvozida 2 soat havoda qolgan “ANKA III” 160 uzel tezlikka erishib, 10 ming fut balandlikka ko'tarildi.

 

Xabar turk gazetasi: “Eda Erdem Dundar "Xalqaro jasur ayollar" mukofotiga nomzod bo’ldi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Fenerbahche Opet va Milliy Ayollar Voleybol jamoasi sardori Eda Erdem Dündar AQSh Davlat departamenti tomonidan berilgan "Xalqaro jasur ayollar" mukofotiga nomzod bo'ldi.


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #matbuot , #Turkiya

Aloqador xabarlar