Matbuot sharhlari 01.02.2024

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

2096257
Matbuot sharhlari 01.02.2024

Haber Türk gazetasi: Hakan Fidan: Montryo konventsiyasi mintaqa xavfsizligining kafolati sifatida xizmat qilishni davom etmoqda. Kecha Ruminiyada diplomatik uchrashuvlar o‘tkazgan Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan, Turkiyaning Montryo bo‘g‘ozlari konventsiyasini xolis va sinchkovlik bilan tatbiq etishda davom etganiga e’tibor qaratib, bu haqida: “Montryo konventsiyasi mintaqa xavfsizligining kafolati sifatida xizmat qilishni davom etmoqda”, - dedi.  

Star gazetasi: Faxrettin Altun, «Die Presse» gazetasida bugungi Turkiyaning xalqaro maydondagi o‘rni haqida maqola yozdi. Avstriyadagi «Die Presse» gazetasi uchun maqola yozgan Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi boshligʻi Faxrettin Altun, bugungi Turkiyaning nafaqat oʻz chegaralarida, balki mintaqaviy va global miqyosda ham oʻyin uyushtiruvchi, oʻziga qarshi uyushtirilgan oʻyinni buza oluvchi, muammolar va inqirozlarni hal qilishda faol rol oʻynagan davlat ekanini qayd etdi.

Hürriyet gazetasi: Abdulkadir Uraloʻgʻlu: “Ukrainaning hududiy yaxlitligi va xavfsizligi biz uchun muhimdir”. Transport va infratuzilma vaziri Abdulkadir Uraloʻgʻlu kecha Istanbulda uyushtirilgan “Ukrainani qayta qurish forumi”da soʻzlagan nutqida, “Ukrainaning hududiy yaxlitligi va xavfsizligi biz uchun muhimdir va Prezidentimiz bu borada aniq munosabat bildirdi. Umid qilamizki u yerda eng qisqa vaqtda tinchlik oʻrnab, Ukrainaning hududiy yaxlitligi ta’minlanadi”. – dedi.

Sabah gazetasi: Mehmet Nuri Ersoʻy raqamlarni ma’lum qildi. Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoʻy kecha bergan bayonotida, “2023 - yil turizm sohasida rekord qayd etildi va Turkiyaga 56,7 million sayyoh keldi. Eng muhimi undan jon boshiga bir kechalik 99 dollar, jami 54.3 milliard dollar daromad olindi. Bu yilgi yoki 2024 – yilgi rejamizni esa xuddi shunday tezlikda davom ettiramiz”, - dedi.  

Vatan gazetasi: Istanbul aeroporti Yevropa choʻqqisida. Istanbul aeroporti Yevropa Havo navigatsiya xavfsizligi tashkiloti hisobotiga koʻra, 15 - 21 yanvar kunlari kuniga oʻrtacha 1301 qatnov yoʻlga qoʻyish orqali Yevropaning eng gavjum aeroportiga aylandi.



Aloqador xabarlar