Matbuot sharhlari 23.11.2023

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

2067967
Matbuot sharhlari 23.11.2023

Vatan gazetasi: Erdoʻgʻan Gʻazodagi vaziyatga e’tibor qaratdi. Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan onlayn tarzda ishtirok etgan G – 20 liderlar sammitida soʻzlagan nuqtida Gʻazodagi vaziyatga e’tibor qaratdi va mavzu haqida: “G‘azodagi fojia yuzasidan insonlarning sabri qolmadi. Bu yerda ochiq – oydin urush jinoyatlari sodir etilib, insoniyatga qarshi jinoyatga qoʻl urilmoqda. Tinch aholini nishonga olgan hech qaysi harakatni oʻzini - oʻzi himoya qilish huquqi bilan izohlab boʻlmaydi”. – dedi.

Haber Türk gazetasi: Tashqi Ishlar vazirligi tomonidan Gʻazodagi vaqtinchalik otashkesim haqida bayonot berildi. Tashqi Ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda, Isroil kuchlari tomonidan olti haftadan beri davom etayotgan hujumlarning toʻrt kunligiga toʻxtatilishi Turkiya jihatidan ijobiy tusda baholangani qayd etildi.

Hürriyet gazetasi: Vitse – prezident Jevdet Yilmaz Turkiyaning xarid kuchi pariteti boʻyicha oʻn birinchiyirik iqtisodiyot ekanini qayd etdi. Vitse – prezident Jevdet Yilmaz: “Yirik iqtisodiyotimiz bugungi kunda xarid kuchi pariteti boʻyicha oʻn birinchi, nominal boʻyicha esa oʻn yettinchi oʻrinda”. - dedi.

Sabah gazetasi: Xalqaro ishlab chiqaruvchi tashkilotlardan biri Turkiya haqida ijobiy tusda bayonot berdi. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki rahbari Odile Renaud - Basso, Turkiyadagi sarmoyalarini har doim juda yuqori tutganliklari va sarmoya kiritishda davom etishlarini ma’lum qilib, bu yilgi sarmoyalarning 2,5 milliard yevrodan ortishi mumkinligini ma’lum qildi. Renaud – Bassoning qayd etishicha bank, eng koʻp Turkiyaga sarmoya kiritmoqda.

Yeni Şafak gazetasi: Erta bron qilishlarda 20 foizga oʻsish kuzatildi. O‘rta yer dengizi turistik mehmonxonalar va operatorlar uyushmasi raisi Kaan Kavalo‘g‘lu, turizmda 2024 - yil uchun bron qilishlar yaxshi boshlanganini ma’lum qildi. Mavzu haqida: “Birinchi bronlar Angliya bozoridan, keyingisi esa Germaniyadan. Erta bronlarda 2023 - yilga nisbatan 20 foizlik o‘sish kuzatilmoqda”. - dedi.

 

 

 



Aloqador xabarlar