Matbuot sharhlari 17.10.2023

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

2051875
Matbuot sharhlari 17.10.2023



Star gazetasi: "Erdo’g’andan G’azo diplomatiyasi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an kecha Eron Prezidenti İbrohim Raisiy, Buyuk Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak va Gretsiya Bosh vaziri Kiryakos Mitsotakis bilan telefon orqali muloqot qildi. Erdo’g’an Raisiy bilan suhbat chog’ida Yaqin Sharqda keskinlikni kuchaytiruvchi qadamlardan qochish kerakligini tilga oldi.

Rishi Sunak bilan suhbatda esa, Falastinga yillar davomida berilgan va’dalarni eslatib, ularni bajarishning ahamiyatiga to’xtaldi. Erdo’g'an Michotakis bilan bo’lgan suhbatda esa, inson huquqlarini toptash holatlariga chek qo’yish kerakligini, reaktsiyalarni kuchaytirish emas, balki kamaytirish uchun imkon qadar tezroq qadamlar tashlashning o’rinli bo’lishini ta'kidladi.

 

Sabah gazetasi: “Hakan Fidan Hamas yetakchisi bilan muloqot qildi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Isroil-Falastin mojarosi boshlanganidan keyin qizg'in diplomatik faoliyatlarini davom ettirmoqda. Vazir Fidan bu safar HAMAS yetakchisi Ismail Haniye bilan telefon orqali muloqot qildi. Muloqot chog’ida tinch aholini himoya qilish masalasi muhokama qilindi.

Hurriyat gazetasi: “O’mer Chelikdan G’arbga ogohlantirish” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Adolat va taraqqiyot partiyasi voizi O'mer Chelik, G'arb hukumatlarining Isroil-G'azo voqealariga munosabatini qattiq tanqid qildi. "Ko'plab G'arb davlatlarida maydonlarda va universitetlarda Falastinni qo'llab-quvvatlagan namoyishchilarga qo'llanilgan bosim ba'zilarning o'z jinoyatlarini yashirishga urinishidir. Hatto bolalar oʻlimiga ham manfaat bilan yondashganlar adolat haqida gapira olmaydilar”, dedi u.

Vatan gazetasi: “Numan Kurtulmushdan muhim bayonot” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya parlamenti rahbari Numan Kurtulmush 1967-yilgi chegaralar ichida poytaxti Quddus boʻlgan mustaqil, integratsiyalashgan, mustaqil Falastin davlatini barpo etish uchun harakat qilish kerakligini taʼkidlab, “Hududiy yaxlitlikka ega bo‘lgan Falastinni barpo etish nafaqat islom olamining eng asosiy vazifalaridan biri, balki Yaqin Sharq tinchligining eng asosiy shartlaridan biridir”,-dedi.

Xabar turk gazetasi: “TÜRKSAT 6A ishga tushirilishiga 8 oy qoldi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Transport va infratuzilma vaziri Abdulqodir Uralo'g'li TÜRKSAT 6A hozirgacha barcha sinovlardan muvaffaqiyatli o'tganini ma'lum qilib, "Yangi sun'iy yo'ldoshimiz TÜRKSAT 6A 2024 yilning iyun oyida uchiriladi" dedi.
 


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar