Matbuot sharhlari 27.09.2023

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

2043493
Matbuot sharhlari 27.09.2023

Hürriyet gazetasi: Prezident Erdo‘g‘an Zangazur yo‘lagiga e’tibor qaratdi. Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, Ozarbayjonning Naxchivon mintaqasiga uyushtirgan tashrifidan qaytar chog‘ida samolyotda bayonot berdi. Unda, Zangazur yo‘lagi to‘g‘ridan - to‘g‘ri Turkiya bilan Ozarbayjonni bir biriga bog‘lashini qayd etdi. Shuningdek, “Turkiya bilan Ozarbayjon uchun alohida ahamiyat kasb etgan bu yo‘lakning tashkil etilishi strategik masaladir va mutlaqo tamomlanishi kerak”. – dedi.

Vatan gazetasi: Erdo‘g‘an bilan Aliyev sammiti dunyo matbuotida keng o‘rin oldi. Prezident Erdo‘g‘anning Naxchivonga bo‘lgan tashrifi, dunyo matbuotida yaqindan kuzatildi.  Ozarbayjon matbuoti Erdo‘g‘anning Ozarbayjonni qo‘llab – quvvatlashini ta’kidlar ekan, Germaniya matbuoti mazkur tashrifni “ramziy ahamiyatga ega” deb baholadi. Grek matbuoti esa, Turkiyaning Kavkazdagi o‘rnining “kuchli” ekaniga e’tibor qaratdi.

 



Aloqador xabarlar