Matbuot sharhlari 06.07.2023

Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlar, Shvetsiyaning NATOga a’zolik jarayoni, Yevropada Qur’onga qarshi provokatsion harakatlar, mintaqaviy va global muammolar muhokama qilindi.

2007619
Matbuot sharhlari 06.07.2023

 

Vatan: "Erdog'andan  kritik  uchrashuv"

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Niderlandiya Bosh vaziri Mark Rutte bilan telefon orqali muloqot qildi.

Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlar, Shvetsiyaning NATOga a’zolik jarayoni, Yevropada Qur’onga qarshi provokatsion harakatlar, mintaqaviy va global muammolar muhokama qilindi.

Star: “Yevropada Islomga qarshi hujumlar epidemiyaga aylandi”

Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan, Yevropada Islomga qarshi hujumlar deyarli epidemiyaga aylanganini bildirdi.Fidan, “Millardlab insonlarning muqaddas kitobi Qur’onni yoqish va bu harakatga so‘z erkinligi niqobi ostida ruxsat berish milliardlab odamlarga ochiq haqoratdir” dedi.

Hurriyet: “Yevropa Ittifoqidan Turkiya xabari”

Yevropa İttifoqi (YI) kengayish bo’yicha komissari Oliver Varhelyi, Yevropa Ittifoqining Turkiya bilan mavjud qiyinchiliklarga qaramay strategik aloqalar o’rnatishni davom ettirishni intiqlik bilan kutayotganini bildirib, “Mushtarak farovonlik va barqarorligimiz uchun bir-birimizga muhtojmiz” dedi.

Sabah : "Katoning oltita neft dengizi"

Bo'lginchi terror tashkiloti PKKdan tozalangan Shirnakdagi Kato’ tog'idagi neft zahiralarining Judi va Gabardagidan ko'proq ekanligi taxmin qilinmoqda.Turk Neft Korporatsiyasi (TPAO) mintaqaviy direktori O’g’uz Shahin, "Kato’ tog'ining oltita neft dengizi" deydi.

Yeni Shafak: “Ispanlar Arda Guler haqida gapirayapti”

Ispaniyaning "Real Madrid" klubi "Fenerbahche"ning yosh futbolchisi Arda Gulerni transferga ko'ndirdi."Real Madrid"ning 18 yoshli turk futbolchisini "Barselona"dan olishi Ispaniya matbuotining kun tartibiga aylandi.

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Gazetalar , #Matbuot sharhlari , #Turk

Aloqador xabarlar