Matbuot sharhlari 08.06.2023

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1996835
Matbuot sharhlari 08.06.2023

 

Xabar turk gazetasi: “Erdo‘g‘an Putin va Zelenskiyni qulagan to‘g‘onni tekshirishga chaqirdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot qildi. Muzokaralar chog'ida Erdo'g'an Ukrainadagi Kaxovka to'g'onidagi portlash bo'yicha keng qamrovli tergovning shubhaga o'rin qoldirmaydigan tarzda olib borilishi muhimligini bildirdi.

 

Star gazetasi: “Rossiya: Erdog'anning bayonotlariga e'tibor qaratamiz” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova Turkiya bilan munosabatlarda Prezident Rajap Tayyip Erdog'anning o'zaro manfaatli ko'p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish niyati haqidagi bayonotlariga e'tibor qaratilganini bildirdi.

 

Vatan gazetasi: “Shvetsiyadan burilish” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, NATOga a'zo bo'lmoqchi bo'lgan Shvetsiyada terrorizmga qarshi yangi qonunning kuchga kirishi bilan 1 iyun kuni Oliy sud 35 yoshli PKK terroristining Turkiyaga ekstraditsiya qilinishiga rozi bo’ldi. Kelasi oy NATO sammiti oldidan Turkiyaning ma'qullanishini kutgan Stokgolm ma'muriyati ekstraditsiya uchun oxirgi so'zni aytadi.

 

Hurriyat gazetasi: “Turkiyada neft qazib olishda 32 yilning marrasi ko’rindi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiyadagi so'nggi neft kashfiyoti bilan 32 yil ichida eng yuqori mahalliy kundalik ishlab chiqarish darajasiga erishildi. Kunlik neft ishlab chiqarish 70 ming 76 barrelga yetdi. Yil oxirigacha ishlab chiqarish hajmini 90 ming barrelga yetkazish maqsad qilinmoqda.

 

Yeni shafak gazetasi: “Turk dunyosi Kastamonuda uchrashdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, 9-11-iyun kunlari Turkiyaning Kastamonu viloyatida Turk dunyosi kunlari o’tkaziladi. An'anaviy Turk dunyosi kunlarida 23 davlatdan ko'plab san'atkorlarning konsertlari, ajdodlar merosiga oid tadbirlar, raqs namoyishlari va ko’rgazmalar tashkil etiladi.

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #matbuot , #Turkiya

Aloqador xabarlar