Matbuot sharhlari 6.06.2023

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1995704
Matbuot sharhlari 6.06.2023

 

Sabah gazetasi: “Terroristlarni tubdan yo’q qilgunga qadar kurashni davom ettiramiz” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiyaning yangi mudofaa vaziri Yashar Guler o’z bayonotida, “Mamlakatimiz tinchligi va xavfsizligiga tahdid solayotgan har qanday terror tashkilotiga qarshi kurashni qat’iylik bilan davom ettiramiz”, dedi.

 

Hurriyat gazetasi: “Hakan Fidan: Menga bildirilgan ishonch uchun minnatdorligimni izxor etaman” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Milliy razvedka tashkiloti (MIT) rahbari lavozimidan Tashqi ishlar vaziri lavozimiga tayinlangan Hakan Fidan lavozimni qabul qilish marosimidagi nutqida mamlakatning milliy tashqi siyosatiga urg'u berdi va “Menda ko'rsatilgan yuksak ishonch uchun minnatdorlik bildiraman",-dedi.

 

Yeni shafak gazetasi: “Ibrohim Kalin Milliy razvedka tashkiloti (MIT) rahbari lavozimiga tayinlandi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, prezident matbuot kotibi Ibrahim Kalin Milliy razvedka tashkiloti rahbari etib tayinlangani ma'lum qilindi. “Prezidentimiz janob Rajap Tayyip Erdo’g’an janob İbrahim Kalinni Milliy razvedka tashkiloti rahbari etib tayinladi”,-deyiladi xabarda.

 

Star gazetasi: “Shahboz Sharif: Biz Turkiya bilan bir tanu-bir jonmiz” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif, Turkiya va Pokiston o'rtasidagi munosabatlar haqida, “Mamlakatlarimiz bir tanu bir jondir”,-dedi.

Shahboz Sharif shuningdek, yaqin kelajakda Pokiston va Turkiyaning bio-gaz, quyosh energiyasi va gidroelektr konlariga e'tibor qaratib, savdo hajmini oshirish va o'zaro o'sishga erishish uchun Turkiya bilan hamkorlikni rivojlantirishini aytdi.

 

Xabar turk gazetasi: “May oyining inflyatsiya ko’rsatgichlari e'lon qilindi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, may oyida yillik inflyatsiya 39,54 foizni tashkil etdi. 7 oy davomida yillik inflyatsiyaning asta-sekin pasaygani kuzatildi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar