Matbuot sharhlari 4.05.2023

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1982388
Matbuot sharhlari 4.05.2023

 

Yeni shafak gazetasi: “Zigana tuneli ochildi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'an Trabzon viloyatidagi “Zigana” tunnelining ochilish marosimida nutq so’zladi.

Erdo’g’an ushbu tunnel dunyodagi eng uzun uchinchi tunel, Yevropa va Turkiya bo’yicha eng uzun qo'shaloq yo’lakli  tunnel sifatida qurilganligini ta'kidlab, "Bu tunnel bilan biz Qora dengizni sharq va janubi-sharq bilan bog'laymiz. Uni Janubi-Sharqiy Anadoluga, u yerdan esa Eron va Yaqin Sharqqa, ya'ni tarixiy Ipak yo'liga bog'laymiz. Zigana tog'ini kesib o'tgan bu tunel mamlakatimiz taraqqiyotining bir timsoliga aylanadi”,-dedi.

 

Hurriyat gazetasi: “Erdo‘g‘an mahalliy vertolyotga “Nafas” nomini berdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'an, O’rmon xo’jaligi bosh boshqarmasi xizmatiga topshirilgan mahalliy va milliy T-70 vertolyotiga “Nafas”, razvedka samolyotiga esa “Otag’” deb nom berdi.

 

Xabar turk gazetasi: “Chavusho'g'lidan 4 tomonlama yig'ilish bo’yicha bayonot” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog'li Rossiya, Eron va Suriya tashqi ishlar vazirlari darajasidagi uchrashuv 10 may kuni Moskvada o’tkazilishini ma’lum qildi.

 

Star gazetasi: “Vengriya vaziridan TOGG elektromobiliga yuqori baho” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Sanoat va texnologiya vaziri Mustafa Varank va Vengriya tashqi ishlar va tashqi savdo vaziri Peter Szijjarto, Turkiyaning mahalliy va milliy elektromobili TOGG bilan qisqa muddatli sayohat qildi. Szijjarto "Togg elektromobiliga yuz baho berdi" degan Varank, "Turkiya bundan buyon nafaqat xalqaro avtomobil sanoatining muhim markazi, balki o'z vositasini o’zi ishlab chiqaradigan pog’onaga yetib keldi” dedi.

 

Sabah gazetasi: “Turkiya findiq eksportidan 1,3 milliard dollardan ortiq daromad oldi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, 2022-2023 yilgi findiq eksporti mavsumining 8 oylik davrida Turkiya 1,3 milliard dollardan ortiq daromadga ega bo’ldi. 2022-2023 yilgi findiq eksporti mavsumining 8 oylik davrida Turkiya 1,3 milliard dollardan ortiq daromadga ega bo’ldi.


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #matbuot , #Turkiya

Aloqador xabarlar