Matbuot sharhlari 15.03.2023

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1959812
Matbuot sharhlari 15.03.2023

 

Star gazetasi: “Erdo‘g‘an: Biz tadbirkorlarimizdan zilzila qurbonlari uchun barcha imkoniyatlarni safarbar qilishlarini kutamiz” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Yevroosiyo Iqtisodiy sammitiga yo’llagan maktubida “Tadbirkorlarimizdan ham ish joylarini, fabrikalarini, non zavodlarini ishga solishlarini hamda zilzila qurbonlari uchun barcha imkoniyatlarini safarbar qilishlarini kutamiz” dedi.

 

Yeni shafak gazetasi: “Milli mudofaa vazirligidan don koridori bo’yicha bayonot" sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan berilgan Qoradengiz don yo'lagi bilan bog'liq bayonotda, tashabbusni uzaytirish uchun tomonlar tashlagan qadamlar qo’llab-quvatlanishini va Turkiyaning mintaqada tinchlik va gumanitar yordamni ta'minlashda o'z burchlarini bajarishga davom etishi bildirildi.

 

Xabar turk gazetasi: “Turk choyi eksporti 3,2 million dollardan oshdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiyadan yanvar-fevral davrida choy eksporti 8 foiz ortib 3 million 274 ming 872 dollarga yetdi.

 

Vatan gazetasi: "Toggning narxi e’lon qilindi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiyaning ilk mahalliy elektromobili Toggning C segmentli SUV modeli narxi e'lon qilindi. Mahalliy elektromobilning standart diapazonli modeli 953 ming, uzoq masofali modelining narxi esa 1 million 215 ming lira sifatida belgilandi.

 

Sabah gazetasi: "Galatasaraydan zilzila jabrlanuvchilari uchun Ozarbayjonda xayriya matchi" sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, "Galatasaray" jamoasi Ozarbayjon jamoasi "Qorabog'" bilan maxsus o'yinda maydonga tushadi, undan tushgan mablag’ zilzila qurbonlariga beriladi. Futbol matchi 26 mart kuni Baku Olimpiya stadionida bo'lib o'tadi.

 


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar