Matbuot sharhlari 02.03.2023

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1953932
Matbuot sharhlari 02.03.2023

Yeni Shafak (Yeni Şafak) gazetasi: Erdo‘g‘an: Bu xalq, 14-may kuni kerakli ishni qiladi. Adolat va taraqqiyot partiyasining majlisdagi guruh yig‘ilishida so‘zga chiqqan Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, saylov sanasi bilan bog‘liq muhokamalarga nuqta qo‘ydi. Erdo‘g‘an o‘z so‘zida, “Shuni yaxshi bilishingizni xohlayman. Hudo xohlasa 14-may kuni bu xalq kerakli ishni qiladi”.-dedi.

Vatan gazetasi: San Andreas yorig‘iga o‘xshaydi. O‘chog‘i Kahramanmarash deb qayd etilgan yer silkinishlari, AQShda muhokama qilindi. Buning sababi, Sharqiy Anado‘lu yorig‘ining AQShning Kaliforniya shtatidan o‘tgan San Andreas yorig‘iga egizakdek o‘xshashidir. New York Times gazetasi ma’lumotiga ko‘ra olimlar Turkiyadagi yer silkinishlarini, “Kaliforniyada sodir bo‘lishi kutilgan yer silkinishlariga saboq bo‘ldi”, - degan so‘zlar bilan ta’riflagan.  

Star gazetasi:Euronews Turkiya haqida bayonot berdi. Xalqaro xabar portali “Euronews”, “Turkiya dunyoning to‘rt burchagidan sayyohlarni o‘ziga jalb etmoqda” degan sarlavha bilan chop etgan xabarida, 2022-yili Turkiyaga 51 milliondan ortiq sayyoh kelganini qayd etdi. Istanbul bosh bo‘lish bilan birga Antaliya, Mug‘la, Izmir, Kapadokiya va Koniya kabi muhim turistik mintaqalarning yer silkinishidan ziyon ko‘rmagan hududlar ekani yodga solingan xabarda, kuchli yer silkinishiga qaramay sayyohlar, sayohat rejalarini keyingiga qoldirmaganiga ham alohida e’tibor qaratildi.

Hürriyet gazetasi: “Moody’s” Turkiya uchun o‘shish tahminini ko‘tardi. Moody's agentligi, Turkiya uchun o‘sish prognozini 2023-yil uchun 2 foizdan 2,3 foizga; 2024-yil uchun esa 3 foizdan 4 foizga chiqardi.

Haber Turk (Haber Türk) gazetasi: Xitoyning BYD kompaniyasi Turkiya distribyutorini tanladi. Xitoyning BYD kompaniyasi Turkiya bozoriga kirish uhcun ALJ Türkiye bilan kelishdi. BYD, Turkiya distribyutori uchun niyat maktubi yozdi.



Aloqador xabarlar