Matbuot sharhlari 28.02.2023

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1952343
Matbuot sharhlari 28.02.2023

 

Hurriyat gazetasi: “Prezident Erdo’g’an Adiyamanda” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdog'an mamlakat-janubi sharqidagi zilzila zonasida joylashgan Adiyamanga tashrif buyurdi.

"Dunyoda hech qachon bunchalik keng hududda ko‘plab odamlar jabrlangan ofatga duchor bo‘lganimizdek, biz kabi tez tiklana oladigan davlat ham bo‘lmagan",- deydi Turkiya prezidenti.

 

Xabar turk gazetasi: “Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Misrlik tashqi ishlar vaziri Samih Shukri bilan Adanada uchrashdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li kecha Misr Tashqi ishlar vaziri Samih Shukri bilan uchrashdi. Vazir Chavusho’g’li, “Turkiya va Misr o’rtasidagi munosabatlarning rivojlanishi har ikki tomonning manfaatiga xizmat qiladi” dedi.

 

Sabah gazetasi: “Turk xalqining matonati jahon matbuoti nigohida” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, kecha Malatyada sodir bo'lgan zilziladan keyin Turkiya yana bir bor jahon matbuotidan joy oldi. Ko'plab xalqaro xabar agentliklari Turkiyaning ketma-ket zilzilalarga duch kelayhotganiga e'tibor qaratar ekan, turk xalqi barcha ofatlarga qaramay umidini yo'qotmaganini, vayronalar orasida ham nafas olishda davom etganini yozdi.

 

Star gazetasi: “Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari kengashi sessiyasi zilzilalarda halok bo'lganlar uchun bir daqiqalik sukut saqlash bilan boshlandi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari kengashining 52-sessiyasi kecha zilzilalar oqibatida Turkiya va Suriyada hayotdan ko'z yumganlar uchun bir daqiqalik sukut saqlash bilan boshlandi.

 

Yeni shafak gazetasi: “Turkiya Statistika tashkiloti tashqi savdo statistikasini e'lon qildi” ” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Statistika tashkiloti (TUIK) 2023 yilning yanvar oyida eksport o'tgan yilning shu oyiga nisbatan 10,3 ga ortganini ma'lum qildi.


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar