Matbuot sharhlari 27.02.2023

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1952041
Matbuot sharhlari 27.02.2023

Sabah gazetasi: So‘zlari dunyo tartibidan o‘rin oldi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti vakili sifatida Turkiyaga kelgan oliy darajali rasmiy Devid Bezli, Hatayning Antakiya tumanidagi vayronagarchilikni “qiyomat” so‘zi bilan ta’rifladi. Bezli, ko‘rganlarini tasvirlab berar ekan: “Bu halokatning ko‘lamini tushunishning iloji yo‘q”, - dedi.

Hurriyet (Hürriyet) gazetasi: NASA Antakiyaga e’tibor qaratdi. AQShning aeronavtika va koinot hududini tadqiq qilish milliy boshqarmasi (NASA), 6-fevral kuni sodir bo‘lgan va o‘chog‘i Kahramanmarash deb qayd etilgan yer silkinishlari oqibati aks etgan videolavha bo‘lishdi. NASA, Antakiyaning yer silkinishidan oldingi va keyingi holati ya’ni, 4 va 8 fevral kunlari olingan sun’iy yo‘ldosh tasvirlari bilan mintaqadagi oxirgi vaziyatga e’tibor qaratdi.

Star gazetasi: Yer silkinishi ortidan 12 mil payiga tushganlarga gretsiyalik deputat e’tiroz bildirdi. Gretsiyalik deputat Dora Bakoyanni, Turkiyadagi yer silkinishidan keyin “12 mil” payiga tushganlarga e’tiroz bildirdi. Egey va Sharqiy O‘rta yer dengizida Turkiya bilan hamkorlik qilish mumkinligini ifoda etgan Bakoyanni, Gretsiya quruqlik suvlarining 12 milga chiqarish vaqti emasligini qayd etdi.

Yeni Shafak (Şafak) gazetasi: “Tarix sahifalarining qora dog‘i, insonlik jinoyatini lanatlaymiz”. Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Xoʻjali qatliomining 31-yilligida, “Tarix sahifalarining qora dog‘i, insonlik jinoyatini lanatlaymiz”.-dedi. Soʻzlari davomida, “Jon Ozarbayjon xalqiga takror hamdardlik bildiramiz”.-deyildi.

Haber Turk (Haber Türk) gazetasi: Milliy kurashchi Taha Akgul, Misrda oltin medal yutub oldi. Misrda uyushtirilgan Ibrohim Mustafa turnirida, milliy kurashchi Taha Akgul oltin medal sohihi bo‘ldi.



Aloqador xabarlar