Matbuot sharhlari 20.02.2023

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1948685
Matbuot sharhlari 20.02.2023

Star gazetasi: Dunyo liderlari Prezident Erdo‘g‘anga hamdardlik bildirmoqda. Bolgariya, Malta, Albaniya liderlari bilan Bosniya va Gersegovina prezidentlik kengashining sobiq bosniyalik a’zosi Bakir Izetbegovich Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘anga qo‘ng‘iroq qilib, yer silkinishi tufayli hamdardlik bildirdi.

Haber Türk gazetasi: Blinken bilan Chavusho‘g‘lu yer silkinishi hududida. Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi Entoni Blinken kecha, epitsentri Kahramanmarash deb qayd etilgan yer silkinishi hududlaridan Xatayda bo‘lib, hududni havodan ko‘rib chiqdi.  

Hürriyet gazetasi: Faxrettin Ko‘ja: “Hududda hech qanday yuqumli kasallik aniqlangani yo‘q”. – dedi. Sog‘likni saqlash vaziri Faxrettin Ko‘ja, yer silkinishi sodir bo‘lgan hududda yuqumli kasalliklar haqidagi ma’lumotlar bilan tahlillarini muntazam ravishda kuzatib borayotganliklarini ifoda etar ekan ayni vaqtda, “Shu doirada hozirgacha biron bir yuqumli kasallik aniqlanmadi”. - dedi.

Sabah gazetasi: “Kapgan” chet elda namoyish etilmoqda. Turk mudofaa sanoati doirasida ishlab chiqilgan insonsiz quruqlik vositasi “Kapgan”, Abu Dabida bo‘lib o‘tadigan IDEX xalqaro mudofaa yarmarkasi va konferentsiyasi doirasida birinchi marotaba chet elda namoyish etiladi.

Vatan gazetasi: Turkiyaning Ko‘rfaz davlatlariga bo‘lgan eksportida ortish qayd etildi. Turkiyaning Ko‘rfaz davlatlariga bo‘lgan eksporti, yanvar oyida o‘tgan yilning huddi shu davriga nisbatan 16,1 foiz ortib, 1 milliard 431 million dollarga yetdi.  



Aloqador xabarlar