Matbuot sharhlari 30.11.2022

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1912770
Matbuot sharhlari 30.11.2022

                                   

Vatan gazetasi: “Jahon yetakchiligiga ko‘tarilish yo‘limiz ochiq” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Turkiya turizmchilar federatsiyasining 7-Favqulodda bosh assambleyasida so’zlagan nutqida, “Turkiya 2021-yilda sayyohlar soni bo’yicha dunyoda 4-o’rinda, turizm daromadi bo’yicha esa 8-o’rinda bo’lishi joriy yilda yana ham yuqori marralarga erishishimizdan darak beradi. Turizmdagi raqobatchilarimiz global inqiroz ta'sirida rivojlanishni qo’ldan boy bergan bu davrda, bizning sa’y-harakatlarimiz orqali dunyo yetakchiligiga ko'tarilish yo'limiz aniq”,-dedi.

 

Sabah gazetasi: “Cavusho’g’li: Urush davom etsa ham diplomatik sa’y-harakatlarni olib borish mumkin” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li NATO tashqi ishlar vazirlari sammiti bo’lib o’tayotgan Buxarestdagi Aspen instituti-Germaniya Marshall fondi forumida so’zlagan nutqida, Rossiya-Ukraina urushi qo’shni davlatlarga ham ta’sir ko’rsatganligini ta’kidlab, “Faqat qoralash bilan muammoni hal qilib bo’lmaydi. Tinchlikni adolatli tarzda o'rnatishni ta'minlash kerak. Urush bo'lganda ham diplomatiya davom ettirilishi mumkin”,-dedi.

 

Hurriyat gazetasi: “Ibrohim Kalindan ehtimoliy quruqlikdagi operatsiya ishorasi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra,  Turkiya Prezidenti matbuot kotibi Ibrohim Kalin, Suriyadagi terror zonalarida quruqlikdan harbiy operatsiya o’tkazish ehtimoli haqida gapirib, "Operatsiyalar turli yo'llar bilan amalga oshirilishi mumkin. Ertaga, keyingi hafta yoki istalgan vaqtda bo'lishi mumkin",- dedi.

 

Yeni shafak gazetasi: “Yilning raqamli aeroporti mukofoti Sabiha Gokchenga berildi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Istanbuldagi Sabiha Gokchen xalqaro aeroporti “Bluesky Awards” 2022 Aviatsiya yutuqlari mukofotlari toifasida "Yilning raqamli aeroporti" deb topildi.

 

Star gazetasi: “Jahon kubogi bellashuvlari THY samolyotlarida ham tomosha qilinadi”

Xabarga ko’ra, 20-noyabr kuni Qatarda boshlangan futbol boʻyicha jahon chempionati oʻyinlarini THY samolyotlarida ham tomosha qilish imkoniyati yaratildi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #matbuot , #Turkiya

Aloqador xabarlar