Matbuot sharhlari 17.10.2022

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1893773
Matbuot sharhlari 17.10.2022

Haber Turk (Habertürk) gazetasi: Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, Bartindagi qayg‘uli voqeaga hamdardlik bildirgan davlatlarga minnatdorchilik bildirdi. Prezident Erdo‘g‘an, Türkiyening Bartin viloyatiga qarashli Amasra tumanidagi ko‘mir konida yuz bergan portlash tufayli hamdardlik bildirib, ta’ziya izhor etgan davlatlarga ijtimoiy tarmoq orqali minnnatdorchilik bildirdi. Unda: “Ta’ziya izhor etib, hamdardlik bildirish orqali Bartindagi dardimizni bo‘lishgan barcha do‘st davlat va xalqlarga samimiyatlari uchun Turk xalqi nomidan minnatdorchilik bildiraman”. – deyildi.

Star gazetasi: Yaqin Sharq va Ko‘rfaz davlatlari eksport bo‘yicha rekord o‘rnatdi. Türkiyening Yaqin Sharq va Ko‘rfaz davlatlariga bo‘lgan eksportlari, yilning 9 oyida 24.8 foizga ortib, 24.7 milliard dollarga yetdi. Eng ko‘p eksport Iroqqa amalga oshirilar ekan, doramad miqdori 7.5 milliard dollar deb qayd etildi.

Yeni Shafak (Yenişafak) gazetasi: Oziq – ovqat yarmarkasida Turk stendi katta taassurot qoldirdi. Fransiya poytaxtida oziq-ovqat sanoati boʻyicha yirik xalqaro tadbirlardan biri SIAL Paris-2022 koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi. Unda, Turk stendi katta taassurot qoldirdi. Bu yil Xitoy ishtirok etmagan yarmarkada Türkiye stendi, davlat qo‘llab – quvvatlashi bilan tayyorlangan eng yirik ishtirokchi sifatida oldingi qatorlardan o‘rin oldi.  

Vatan gazetasi: Monika Molina: Türkiyeda oʻz uyimda yurgandekman. Ispaniyalik qoʻshiqchi Diva Monika Molina, Türkiyedagi muxlislari bilan uchrashganida oʻzini qanday his qilgani haqida gapirar ekan, “Sahnaga chiqar – chiqmaz menga berilgan mehr – muhabbatni his qilyapman. Türkiyeda, sahnada oʻzimni oʻz uyimdek his qilaman va hech qanday baxtsiz xodisa yuz bermaydigandek”, - degan soʻzlar bilan ta’rifladi.  

Hurriyet (Hürriyet) gazetasi: Hayajonga solgan kashfiyot Gobi choʻlida topildi. Dunyoning eng yirik choʻllaridan biri boʻlgan Moʻgʻulistondagi Gobi choʻlida ilmiy - tadqiqot ishlari olib borildi. Natijada, Oltoylar bilan Gobi oʻrtasida madaniy aloqalarga guvohlik qilgan arxeologik hujjatlar topildi. Tadqiqotchilar, mintaqada yuqori paleolit ​​davri ya’ni qadimiy tosh davriga oid aholi yashash joyi izlari bilan birga turli davrlarda turklar yashagan hududlardan mamont figuralariga duch keldi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar