Matbuot sharhlari 06.10.2022

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1889229
Matbuot sharhlari 06.10.2022

                                     

Yeni shafak gazetasi: “Erdo’g’an: Iqtisodiy o’sish bo’yicha dunyoda birinchi o’rindan joy oldik” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'an Ak partiya yig'ilishida so’zlagan nutqida, "Epidemiya vaqtida ham ishlab chiqarishni to'xtatmadik. O'sish ko’rsatgichimiz davom etdi. Dunyoda birinchi o'rinni egalladik. Turg'unlik haqida munozaralar bo'layotgan bir paytda xalqaro tashkilotlar mamlakatimiz uchun o'sish prognozlarini yangiladi”,-dedi.

 

Star gazetasi: “Yadroviy faoliyatlarda qo’llaniladi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya yadroviy dasturlarda mahalliy bor karbididan foydalanishga tayyorlanmoqda. Energetika va tabiiy resurslar vaziri Fatih Donmez, bor karbid zavodi 2022 yil oxirigacha foydalanishga topshirilishini aytdi.

 

Xabar turk gazetasi: “Qishloq xo'jaligi sektori 9 oyda eng yuqori eksport rekordini qayd etdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiyada qishloq xo'jaligi sektori 9 oylik tashqi savdo hajmini 24,5 milliard dollarga oshirib, o'z tarixining yanvar-sentyabr davriga oid eksport rekordini yangiladi. Turkiyaning qishloq xo'jaligi eksporti joriy yilning 9 oyida o'tgan yilning shu davriga nisbatan 18,6 foiz ortdi.

 

Hurriyat gazetasi: “Istanbul aeroporti dunyoning eng yaxshi aeroporti deb topildi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, dunyoning yetakchi sayyohlik jurnallaridan “Condé Nast Traveler” jurnali tomonidan o'tkazilgan so'rovda Istanbul aeroporti Singapur va Janubiy Koreyani ortda qoldirib, “dunyoning eng yaxshi aeroporti” sifatida tanlandi.

 

Sabah gazetasi: “508 mingta turist Kapadokiyani osmondan turib tomosha qildi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, tarixiy, tabiiy va madaniy boyliklari bilan Turkiyaning sevimli turizm markazlaridan biri Kapadokiya joriy yilning 9 oyida 508 ming 181 nafar sayyohni kutib oldi. Sayyohlar shaharning diqqatga sazovor joylarini havo shari sayohatida tomosha qildi.


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar