Matbuot sharhlari 21.09.2022

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1882726
Matbuot sharhlari 21.09.2022

Hürriyet gazetasi: Prezident Erdo‘g‘an BMT Bosh assambleyasi majlisida butun dunyoga murojaat qildi. Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, Birlashgan Millatlar Tashkilotining 77-Bosh assambleyasi majlisida qatnashdi. Unda ishtirokchilarga murojaat qilgan Prezident Erdo‘g‘an, Ukraina bilan Rossiyani tinchlikka chaqirar ekan ayni vaqtda butun dunyo davlatlarining, Türkiyening tinchlik sa’y-harakatlarini samimiy ravishda qo‘llab-quvvatlashini istadi.

Vatan gazetasi: Guterrish Türkiyega maqtov yog‘dirdi. Bosh kotib Antoniu Guterrish, BMT Bosh assambleyasi majlisining ochilishida Türkiyening qo‘llab-quvvatlashi bilan kelishib olingan don eksporti haqidagi shartnomaga e’tibor qaratdi va uning butun dunyo uchun “umid” va mo‘jiza ekanini qayd etdi.

Star gazetasi: Türkiye Yevropaning muhojirlar omborxonasi emas. Ichki ishlar vaziri Suleyman So‘ylu Bosniya va Gertsegovinada uyushtirilgan Ikkinchi Muhojirlar muloqoti konferensiyasida, Yevropa qadar Türkiyening ham ichki muvozanati borligini ifoda etdi. Ortidan Britaniyaning taklifini yodga solgan Ichki ishlar vaziri, taklifini rasmiy tarzda yetkaza olmaganlar ham muhojirlarning bir qismini Türkiyega yuborish niyatida ekaniga e’tibor qaratdi. Bunga javob tariqasida Türkiyening, Yevropaning muhojirlar omborxonasi emasligini ta’kidlagan Suleyman So‘ylu so‘zlari yakunida, “Biz inson sifatida bugungacha qo‘limizdan kelgan har qanday chorani ko‘rdik”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Haber Türk gazetasi: Eskishaharda 4 ming 500 yillik idishchalarda, og‘riq qoldiruvchining ta’sirli moddasi aniqlandi. Eskishaharda topilgan Kulluoba tepaligida olib borilgan qazish ishlari chog‘ida, 4 ming 500 yil oldinga oid va ichida og‘riq qoldiruvchi dori saqlangani aniqlangan idishchalar topildi.   

Yeni Şafak gazetasi: THYdan arzon narzda chipta xarid qilish imkoni. Turk Havo yo‘llari yo‘lovchilari, Istanbuldan Bolqon va Janubiy Afrika davlatlarining 32 nuqtasiga 119 dollardan boshlagan narxlarda chipta xarid qilib olishlari mumkin. Eng foydali tomoni shundaki, ushbu narx shirkat tomonidan taqdim etilgan hamma xizmatdan foydalanishingizga ruxsat beradi.



Aloqador xabarlar