Matbuot sharhlari 06.09.2022

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1876327
Matbuot sharhlari 06.09.2022

                                  

Vatan gazetasi: “Erdo’g’an: Gretsiya bizning suhbatdoshimiz emas” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'an Turkiya samolyotlarining Gretsiya tomonidan ta'qib qilinishiga munosabat bildirdi. “Gretsiya bizning tengimiz emas, chunki biz siyosat, iqtisodiyot va harbiy jihatdan ular bilan teng emasmiz”, dedi prezident Erdo’g’an.

 

Sabah gazetasi: “Gretsiyadagi terror lageri Lavrion” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, 1985-yilda Gretsiya tomonidan qochqinlar uchun tashkil etilgan Lavrion lageri kunimizda terrorchilarning boshpanasiga aylandi. Lagerda PKK va boshqa ko'plab terror tashkilotlariga harbiy ta'lim beriladi. Lagerda 6 oylik mashg‘ulotlardan so‘ng terror tashkiloti a‘zolariga Gretsiya pasportlari beriladi va Iroqqa jo‘natiladi.

 

Yeni shafak gazetasi: “Biz Yevropadagi irqchilik va islomga qarshi kurashdan xavotirdamiz” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li rasmiy tashrif bilan poytaxt Anqarada bo’lib turgan Fransiya Tashqi ishlar vaziri Katrin Kolonna bilan qo’shma matbuot anjumani o’tkazdi.

Yevropada kuchayib borayotgan irqchilik va islomga qarshi harakatlar tashvishga solayotganiga diqqat qaratgan Chavusho’g’li, “Fransiyadagi turk va musulmon jamiyatiga tegishli masjidlar va birlashmalarning xavfsizligi uchun barcha zarur chora-tadbirlar olinishini kutamiz” dedi.

 

Star gazetasi: “Dunyo shifoni Turkiyada qidirmoqda” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya kunimizda salomatlik turizmi bo’yicha muhim markazga aylandi. Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy joriy yilning birinchi 6 oyida sog'lik sabablariga ko'ra Turkiyaga kelgan ziyoratchilar soni 586 ming 754 nafarni tashkil qilganligini bildirdi.

 

Hurriyat gazetasi: “Turkiya turizmi qish mavsumiga tayyorlanmoqda” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Rossiya gazni butunlay uzishi bilan Yevropada 150 million pensioner qishni qanday o’tkazish choralarini qidirar ekan, Turkiyadagi turizm mutaxassislari so’nggi 3 yilning eng faol qish turizmini o’tkazishga tayyorgarlik ko’rmoqda. Yevropaliklar Turkiyada qishki ta'til uchun bron qilishda katta ortish kuzatilishi kutilmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar