Matbuot sharhlari 23.08.2022

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1871268
Matbuot sharhlari 23.08.2022

 

Xabar turk gazetasi: “Erdog‘an: Maqsadim - Putin va Zelenskiy uchrashuvini tashkil qilish” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'an Turkiyaning Rossiya va Ukraina o'rtasidagi urushni tinch yo’l bilan to’xtatish uchun barcha sa'y-harakatlarini amalga oshirayotganini aytdi.

Ikki davlat yetakchilari bilan muzokaralar olib borganini ta’kidlagan Erdo’g’an, “Maqsadimiz inqirozni tubdan hal qilish uchun Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyni Turkiyada uchrashtirishdir” dedi.

 

Vatan gazetasi: “Hulusi Akar: G’alla eksporti kelgusi kunlarda yana ortadi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Ukraina portlaridan don eksporti davom etmoqda. Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar 1 avgustdan buyon Ukraina portlaridan 721 ming 449 tonna don eksporti amalga oshirilganini ma'lum qildi. Uning ta’kidlashicha, kelgusi kunlarda bu miqdor yanada oshiriladi.

 

Star gazetasi: “Borrel: G’alla eksporti Turkiyaning yordami bilan amalga oshirildi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Yevropa Ittifoqining Tashqi aloqalar va xavfsizlik siyosati bo’yicha mas’ul vakili Josep Borrell, Turkiya sharofati bilan Ukraina portlaridan “don yo’lagi” ochilganini bilish kerak dedi.

“Biz 20 million tonna don haqida gapiryabmiz. Agar dunyoda 20 million tonna g‘alla va kungaboqar to‘silib qolsa, demak, bu ba’zi odamlarning oziqlanishdan mahrum bo’lishini anglatadi”,-dedi Borrel.

 

Yeni shafak gazetasi: “Nemislar Trabzondan yechim topdilar” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Rossiya va Ukraina o'rtasidagi urush tufayli Yevropa katta energiya sinovidan o'tmoqda. Germaniya va Fransiya kabi mamlakatlarda, ayniqsa qishda tabiiy gaz tanqisligi yuzaga kelishi taxmin qilinmoqda. Nemislar yechimni Trabzonda topdilar. Elektr isitish moslamalari ishlab chiqaruvchi korxona, ayniqsa, Yevropa davlatlaridan kelgan buyurtmalar ko‘payganligi sababli bir kunlik ishlab chiqarish hajmini 300 donadan 700 donagacha oshirdi. Shvetsiya, Niderlandiya va Fransiyadan oldindan buyurtmalar qabul qilina boshladi.

 

Hurriyat gazetasi: “Turkiyaga kelgan turist soni 53 foiz oshdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, iyul oyida Turkiyaga kelgan xorijlik sayyohlar soni o'tgan yilning shu oyiga nisbatan 52,84 foiz ortib, 6 million 665 ming 129 nafarga yetdi. Iyul oyida eng ko‘p sayyoh yuborgan mamlakatlar reytingida Germaniya 14,43 foiz bilan birinchi, Rossiya 11,12 foiz bilan ikkinchi, Britaniya 8,19 foiz bilan uchinchi o‘rinni egalladi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar