Matbuot sharhlari 24.06.2022

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1847820
Matbuot sharhlari 24.06.2022

Hürriyet gazetasi: Chavushoʻgʻlu: Gʻalla yoʻlagi uchun konstruktiv tusda javobgarchilik olyapmiz. Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻgʻlu amaliy tashrif bilan Turkiyaga kelgan Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Lizz Truss bilan uyushtirgan mushtarak matbuot anjumanida, “Biz Turkiya sifatida Qora dengizdagi gʻalla yoʻlagi uchun konstruktiv tusda rol oʻynayapmiz. Rossiyadan Istanbulda rejalashtirilgan uchrashuv uchun ijobiy javob kutyapmiz”.-dedi.

Yeni Şafak gazetasi: Chavushoʻgʻlu: Isroil bilan diplomatik vakillik darajamizning elchi saviyasiga chiqarilishi uchun faoliyatlarimizni boshlatdik. Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻgʻlu, Isroil bilan Turk Tashqi aloqalari oʻrtasidagi oʻzaro siyosiy va mintaqaviy maslahatlashuvlarning muhim ekanini ta’kidlab: “Diplomatik vakillik darajamizni elchi darajasiga koʻtarish uchun faoliyatlarimizni boshladik”.-dedi.

Sabah gazetasi: Oʻktay: ShKTRning barcha tashkilotlari bilan barqaror ravnaq topishi uchun katta ahamiyat beryapmiz. Vitse-prezident Fuat Oʻktay, Shimoliy Kipr Turk Respublikasining barqaror rivojlanib, barcha tashkilotlari bilan ravnaq topishiga katta ahamiyat berayotganliklarini qayd etdi. Mavzu haqida shuningdek, Kipr turklarini 1571-yildan beri asosiy unsurlari boʻlgan oʻz tuproqlarida, mustaqilligini mustahkam qilib olishi uchun toʻliq qoʻllab-quvvatlashlarini bildirdi.

Haber Türk gazetasi: Bayraktar AKINCI balandlik boʻyicha shu bilan uchinchi marotaba rekord oʻrnatdi. Baykar tomonidan mahalliy imkonlar bilan ishlab chiqarilgan Bayraktar AKINCI TIHA (Hujum qila olish kuchiga ega insonsiz havo transporti), baland uchish bo‘yicha shu bilan uchinchi marotaba rekord o‘rnatdi. Ushbu transport, oldingi kuchiga-kuch qoʻshib, 45 ming 118 fut (13 ming 716 metr) balandlikka ko‘tarildi.

Star gazetasi: Yevropadan Turkiyaga talab yog‘moqda. Turkiyaning poyabzalchilar federatsiyasi rahbari Ahmet Aydin, Turk oyoq kiyimlarining sifati tufayli Yevropa davlatlaridan katta talab borligini qayd etdi. Bu haqida shuningdek: “Bugungi kunda Ispaniya, Portugaliya, Fransiya, Niderlandiya va Belgiyadan katta talab bor”.-dedi.

 



Aloqador xabarlar