Matbuot sharhlari 11.05.2022

Turkiya va Qozog’iston o’rtasida transport, mudofaa sanoati, harbiy razvedka, axborot texnologiyalari, madaniyat, qishloq xo’jaligi, transport, savdo, bojxona, atrof-muhit, ta’lim, yoshlar, aloqa va arxiv sohalarida 15 ta shartnoma imzolandi.

1825077
Matbuot sharhlari 11.05.2022

 

Hurriyet: “Turkiya va Qozog‘iston o‘rtasida 15 ta shartnoma imzolandi”.

Qozog'iston Prezidenti Kasım Jo’mert Tokayev poytaxt Anqaraga rasmiy tashrif bilan keldi. Tashrif chog’ida Turkiya va Qozog’iston o’rtasida transport, mudofaa sanoati, harbiy razvedka, axborot texnologiyalari, madaniyat, qishloq xo’jaligi, transport, savdo, bojxona, atrof-muhit, ta’lim, yoshlar, aloqa va arxiv sohalarida 15 ta shartnoma imzolandi.

Haber Turk gazetasi: “Erdog’an, Rossiya-Ukraina urushi Turk davlatlari tashkilotining ahamiyatini ko’rsatdi”

Prezident Rajap Tayyip Erdo’g'an, Rossiya-Ukraina urushi Turk Davlatlari Tashkiloti doirasidagi birdamlik va hamkorlikning ahamiyatini yana bir  ko’zlar oldida namoyon  qildi. Erdo‘g‘an, Qozog‘iston Prezidenti Kasım Jo’mert Tokayev bilan Turkiya-Qozog‘iston birdamligini Turk Davlatlari Tashkiloti, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Islom Hamkorlik Tashkiloti va Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti kabi platformalarda davom ettirish qarorliligini yana bir bor tasdiqlaganliklarini aytdi.

 Sabah : "Turkiyaning yangi chegara darvozasi Rize-Artvin aeroporti"

Rize-Artvin aeroporti xalqaro kirish va chiqishlarga ochiq doimiy havo chegara darvozasi sifatida belgilandi. Rize-Artvin aeroportining ochilishi 14-may kuni Prezident Rajap Tayyip Erdog’an va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev ishtirokida bo’lib o’tadi.

Yeni Shafak: “Ozarbayjonda Technofest hayajoni”

26-29-may kunlari Ozarbayjonning poytaxti Bakuda dunyoning eng yirik Aviatsiya, kosmik va texnologiya festivali Teknofest bo'lib o'tadi. Baku Crystal Hall va Seaside Boulevard Milliy Parkida bo'lib o'tadigan Teknofest 4 kun davomida tashrif buyuruvchilarga ajoyib festival taqdim etadi.

Star: “Turkiyadagi bor zahiralari dunyoning ming yillik ehtiyojlarini qondira oladi”

Eti Ma’dan  menejmentlari  Boshqaruv Raisi va Bosh direktori Serkan Kelesher, Turkiyaning dunyodagi bor zaxiralarining 73 foiziga ega ekanligini ma’lum qildi va “Birgina Turkiya sifatida dunyoning taxminan ming yillik  borini  yetkazib bera olamiz” dedi. Bor koni kelajak energiya manbalaridan biri sifatida ko’rilmoqda.

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Gazetalar , #Matbuot , #Turk

Aloqador xabarlar