Matbuot sharhlari 20.04.2022

Prezident Rajap Tayyip Erdo’g’an kecha Isroil Prezidenti Yitzhak Herzog bilan telefonda gaplashdi. Uchrashuvda Masjidul Aqsoda namozxonlarga uyushtirilgan hujum, mintaqaviy muammolar va ikki tomonlama aloqalar muhokama qilindi.

1814902
Matbuot sharhlari 20.04.2022

Hurriyet: “Prezident Erdog’an Herzog bilan uchrashdi”

Prezident Rajap Tayyip Erdo’g’an kecha Isroil Prezidenti Yitzhak Herzog bilan telefonda gaplashdi. Uchrashuvda Masjidul Aqsoda namozxonlarga uyushtirilgan hujum, mintaqaviy muammolar va ikki tomonlama aloqalar muhokama qilindi.

Star: "Chavushog'lu: Biz bu kurashni berishimiz kerak"

Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavusho’g’li kechagi “Panja qulfi” operatsiyasi bilan bog’liq bayonotida, “Agar bu kurashni chegaralarimizdan tashqarida olib bormasak, ertaga o’z tuprog’imizda ularga qarshi kurashishimiz kerak bo’ladi. Biz bu kurashni berishimiz kerak. dedi.

Sabah: “Akardan “Panja  qulfi” operatsiyasining izohi”

Milliy Mudofaa Vaziri Hulusi Akar kecha Panja  qulfi operatsiyasi haqida bayonot berdi. Vazir Akar, o'z nutqida, "Panja qulfi operatsiyasi bilan terror uyalarining qulflari birin-ketin parchalanmoqda. Terror tashkilotidagi qulash tezlashdi va jinoiy guruh rahbarlari tomonidan terror tashkilotining parchalanishi va qulashi aniq ifoda etila boshlandi.” Dedi.

Vatan: “Vazir Mush: Vengriyada 700 million dollarlik sarmoya  bahs mavzusi ”

Savdo vaziri Mehmet Mush o'z bayonotida, "Mamlakatimiz Vengriyaga 700 million dollar sarmoya kiritadi. Hozirgi davom etayotgan va rejalashtirilayotgan investitsiyalar bilan bu raqamning 3 milliard dollardan oshishini kutmoqdamiz" dedi.

Haber Turk: "THYning Braziliyada joylashgan GOL bilan kod taqsimlash shartnomasi"

Turk Havo Yo'llari (THY) va Braziliyada joylashgan GOL Linhas Aereas bilan  imzolangan kelishuv doirasida qo'shma parvozlarni boshlaydi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Gazetalar , #Matbuot , #Turk

Aloqador xabarlar