Matbuot sharhlari 01.04.2022

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1805564
Matbuot sharhlari 01.04.2022

Hürriyet gazetasi: Erdoʻgʻan Zelenskiy bilan uchrashdi. Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan kecha Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqat qildi. Unda, Rossiya va Ukraina hay’atlarining Istanbuldagi muzokarasi qoʻlga olinar ekan Erdo‘g‘on takror, Zelenskiy va Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin sammitini Türkiyeda oʻtkazishni taklif qildi.

Sabah gazetasi: Chavushoʻgʻludan Ukrainaning kafil mamlakat taklifi haqida bayonot. Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻgʻlu, Ukrainaning Türkiyeni kafil mamlakatlar qatorida koʻrishi va buning Rossiya tomonidan ham qabul qilinishiga toʻxtalgan holda, “Rossiyaning ham buni qabul qilishining sababi, boshidan beri bu muzokara jarayonida ham tez-tez aytib oʻtkanimizdek har ikki mamlakatning ham Türkiyega boʻlgan ishonchi, Türkiyeni betaraf, muvozanatli, konstruktiv va tinchlikni xohlagan davlat sifatida koʻrishi bilan bogʻliqdir”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.

Yeni Şafak gazetasi: Ruminiyalik vazir Türkiyega maqtov yogʻdirdi. Ruminiya Transport va infratuzilma vaziri Grindeanu, Türkiyening diplomatik sa’y-harakatlari natijasida Rossiya va Ukraina muzokara hay’atlarining Istanbulda muzokara oʻtkazishi haqida: “Türkiyening oxirgi kunlarda judayam yaqinimizda yuz berayotgan urushni toʻxtatish uchun sarflagan kuch-gʻayratlarini takror yuqori baholashimni qayd etmoqchiman”.-dedi.

Vatan gazetasi: Eksport raqamlari ma’lum qilindi. Türkiyening eksporti fevral oyida oʻtgan yilning huddi shu oyiga nisbatan 25.4 foizga ortgan holda, 20 milliard 4 million dollarga yetdi. Importi esa 44.5 foizlik ortish bilan 27 milliard 885 million dollar deb qayd etildi.

Star gazetasi: Evin Demirhan Yavuz Yevropa chempioni boʻldi. Milliy sportchi Evin Demirhan Yavuz kurash boʻyicha Vengriyada ayollar oʻrtasida 50 kg vazn toifasida uyushtirilgan Yevropa chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritib, gʻalaba qozondi.

 



Aloqador xabarlar