Matbuot sharhlari 28.03.2022

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.

1802777
Matbuot sharhlari  28.03.2022

 

Haber Turk gazetasi: “Rossiya-Ukraina muzokaralari Istanbulda bo’lib o’tadi”.

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Rossiya bilan Ukraina o’rtasida sulh va tinchlikning eng qisqa vaqt ichida o’rnatilishi va mintaqadagi gumanitar vaziyatning yaxshilanishi zarurligini ta’kidlagan Erdog’an, Turkiyaning bu jarayonda har tomonlama hissa qo’shishda davom etishini bildirdi. Uchrashuvda muzokaralarning Istanbulda o‘tkazilishiga kelishib olindi.

Sabah gazetasi: “Bu kitob bilan Turkiyaning tinchlik diplomatiyasi dunyoga  İzoh etiladi”.

Prezident Erdog’anning Rossiya-Ukraina inqirozini to’xtatish uchun qilgan diplomatik aloqalari kitobchaga aylantirildi. Erdog'an, "Turkiyaning barqarorlikka qo'shgan hissasi: Tinchlik uchun ko'p  har tomonlama  diplomatiya" nomli kitobcha so'zboshisida, "Bu jarayonda e'tibordan chetda qolgan eng kichik muammo ham qanday ofatlarga olib kelishi mumkinligi yana bir bor oshkor etildi. Bu urush ham xavfsizlik va barqarorlikni himoya qilish va xalqaro tuzilmalarning  yanada samarali bo‘lishi va qat’iy qadamlar tashlashi zarurligini yana bir bor ochib berdi”. Deya qayd etildi

Star: “Turkiyadan ittifoqchilarga aniq xabar”

NATOning tarixdagi eng muhim va muvaffaqiyatli ittifoq ekanligi va kuchli ittifoq boʻlish uchun kuchli aʼzolarga ehtiyoj borligi koʻpchilikka maʼlum ekanini qayd etgan Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar, “Biroq, bugungi kunda ittifoqchilarimizning adolatsiz eksport cheklovlari taʼsir qilmoqda bu  nafaqat Turkiya uchun balki NATOga ta’sir etmoqda”. Deya qayd etdi.

Star: “Turkiyadan ittifoqchilarga aniq xabar”

NATOning tarixdagi eng muhim va muvaffaqiyatli ittifoq ekanligi va kuchli ittifoq boʻlish uchun kuchli aʼzolarga ehtiyoj borligi koʻpchilikka maʼlum ekanini qayd etgan Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar, “Biroq, bugungi kunda ittifoqchilarimizning adolatsiz eksport cheklovlari taʼsir qilmoqda. nafaqat Turkiya, balki NATO ham...” dedi.

Hurriyet: "Qizil olmaning qanotlandi "

Turkiyaning uchuvchisiz havo vositalari ishlab chiqaruvchi Baykar Teknoloji kompaniyasi rahbari Selchuk Bayraktar o'zining rasmiy Twitter sahifasida ishlab chiqarish markazi haqida yangi xabarlar berdi. Qizilolma jangovar uchuvchisiz samolyot tizimining (MİUS) yangi suratlari ham kiritilgan postda Qizilelmaning ishlab chiqish modeliga qanotlari o’rnatilgani ko'rindi. Qizilolma  2023 yilda birinchi parvoz sinovini o'tkazishi rejalashtirilgan.

Yeni Shafak gazetasi: “Anadoluning urug’, o’simlik va hayvon turlari himoyalangan”.

Qishloq va o'rmon xo'jaligi vazirligi Turkiyaning biologik xilma-xilligini himoya qilish uchun qattiq ishlamoqda. Vazirlik biologik xilma-xillikni saqlash doirasida saqlanadigan namunalarni biologiyasiga qarab saqlaydi. Shu doirada, Anadoluning urug', o'simlik va hayvon turlari 32 gen bankida saqlanadi. Gen banklarida 318 000 ta material mavjud.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Gazetalar , #Sharhlari , #Matbuot , #Turk

Aloqador xabarlar