Matbuot sharhlari 01.03.2022

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1787362
Matbuot sharhlari 01.03.2022

 

Yeni shafak gazetasi: “Erdo’g’an: Global tizim qulamoqda” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Rajab Tayyib Erdo’g’an Suriyada 11 yildir davom etayotgan notinchlik, Afg’oniston, Iroq, Bosniya, Ruanda, Arakan va Liviyadagi fojialar, qon to’kilish va iztiroblardan global boshqaruv va xavfsizlik tizimi mas’ul ekanini aytdi.

“Dunyo 5 dan katta” va “Adolatli dunyo qurish mumkin” degan holda, global boshqaruv tizimidagi buzilish har bir voqea bilan o’zini yana namoyon qilmoqda”,-dedi Erdo’g’an.

 

Hurriyat gazetasi: “Turkiya o'z mintaqasida tinchlik, osoyishtalik va farovonlik hukm surishi tarafdori bo’lgan davlatdir” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Erdo’g’an Turkiya o’z mintaqasida tinchlik, osoyishtalik va farovonlik hukm surishi tarafdori ekanini, bu niyatini Iroq, Suriya, Kavkaz, Qora dengiz, O’rta yer dengizidan to Bolqonlargacha bo’lgan har bir voqeaga nisbatan ko’rsatayotganini bildirdi.

“Qora dengiz shimolidagi inqirozda biz ikki do’st mamlakat Ukraina va Rossiyani o’zaro muammoni muloqot yo’li bilan hal qilishga chaqirdik”,-deb aytgan Turkiya prezidenti.

 

Xabar turk gazetasi: “Turkiya Montryo konventsiyasi qoidalariga amal qiladi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Rossiya-Ukraina mojarolari tufayli xalqaro kun tartibdan joy olgan Bosfor va Dardanel bo‘g‘ozlari bo‘yicha (1936 yilda imzolangan) Montryo konvensiyasi haqida bayonot berdi.

“Biz Montryo konvensiyasi qoidalariga amal qilamiz. Qora dengizga qo’shni bo’lgan va bo’lmagan barcha  mamlakatlarni bo‘g‘ozlardan harbiy kemalar o‘tkazmaslik haqida ogohlantirdik. Biz Montryo konvensiyasining tegishli qoidalariga murojaat qildik va  bundan keyin ham shunday qilamiz”,-deb aytgan Turkiya TIV rahbari.

 

Vatan gazetasi: “THY Ukraina va Moldovaga parvozlarni 15 martga qadar to’xtatdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Ukraina havo hududi yopilganidan keyin 24-fevral kuni Ukraina va Moldovaga parvozlarini bekor qilgan Turk Havo Yoʻllari bu muddatni 15-martgacha uzaytirganini maʼlum qildi.

Ushbu ikki davlatdan tashqari aviakompaniya Rossiyaning  Sochi, Rostov va Belarusning Minsk shaharlariga parvozlarini 2 martgacha bekor qilganini maʼlum qildi.

 

Sabah gazetasi: “10 yilda eng yuqori o’sish ko’rsatgichi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya 2021-yilda 11 foiz o’sish bilan so‘nggi 10 yildagi eng yuqori iqtisodiy ko’rsatgichga erishdi. Turkiya iqtisodiyoti oxirgi chorakda G20da yetakchi, oxirgi chorakda esa 9,1 foiz bilan Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti (OECD)da uchinchi o’rinni egalladi. O'sishda eng katta hissa eksport sohasiga to'g'ri kelgan bo'lsa, sanoatning ulushi ham keskin ortish ko’rsatdi.


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar