Matbuot sharhlari 28.02.2022

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1786910
Matbuot sharhlari 28.02.2022

Yeni Şafak gazetasi: Muzokaralar o‘tkazilishdan judayam mamnunmiz. Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu Moskva-Kiyev tarangligi haqida bergan bayonotida, ham Ukraina ham da rossiyalik hamkasbi bilan uchrashganini ma’lum qilgan holda, “Rossiya bilan Ukrainaning uchrashish haqida qaror qabul qilganidan nihoyatda mamnunmiz”.-dedi.

Vatan gazetasi: Turkiyadan Montryo konvensiyasi. Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu Ukraina-Rossiya inqirozi haqida, “Sohilbo‘yi va sohilbo‘yi bo‘lmagan o‘lkalarga oid urush kemalarining o‘tishini Montryo konvensiyasi tartibga soladi. Turkiya ushbu konvensiyaga bugungacha birma-bir amal qilib keldi. Bu shartlarda Montryo konvesniyasiga amal qilamiz. Hozir bu urushga aylandi. Bu bir harbiy harakat emas, ochiq-oydin urush”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Star gazetasi: Bayraktar TB2 biz uchun bir imkon. Rossiya hujmi ostidagi Ukrainaning eng yosh deputati, 26 yoshidagi Sviatoslav Yurash poytaxt Kiyevni himoya qilish uchun qurol olib ko‘chaga chiqdi. Yurash, qo‘lida Bayraktar TB2 borligiga e’tibor qaratib, “Dunyoning eng yirik armiyasiga qarshi bir imkonimiz bo‘lishi uchun to‘liq ehtiyoj tug‘ilgan narsa mana shudir”.-dedi.

Hürriyet gazetasi: 5 davlat chegarasida evakuatsiya qarorgohlari. Turkiya Ukrainaning turli shaharlaridan quruqlik orqali evakuatsiya faoliyatlarini boshlatdi. Ukrainaga qo‘shni 5 o‘lka chegarasida Turk fuqarolarining o‘tishida muammo tug‘ilmasligi uchun diplomatik vakolatxona bo‘limlari ishga tushirildi.

Haber Türk gazetasi: THYdan Ukrainaga qo‘shni davlatlarga ilova qatnov yo‘lga qo‘yish rejasi. Turk Havo yo‘llari (THY) Bosh direktori Bilal Ekshi, Ukrainaga qo‘shni davlatlardagi yo‘lovchi talablarining kuzatilgani va ehtiyojga muvofiq kattaroq uchoqlarning xizmat berishi va qo‘shimcha qatnov yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi.



Aloqador xabarlar