Matbuot sharhlari 23.02.2022

Prezident Rajap Tayyip Erdo’g’an, Rossiyaning Donetsk va Lugansk viloyatlarini tan olishini Ukrainaning hududiy yaxlitligini ochiqdan-ochiq buzish ekanligini aytdi

1783598
Matbuot sharhlari 23.02.2022

 

Vatan: “Erdog’an, Rossiyaning qarorini qabul qilib bo’lmas deb hisoblaymiz”

Prezident Rajap Tayyip Erdo’g’an, Rossiyaning Donetsk va Lugansk viloyatlarini tan olishini Ukrainaning hududiy yaxlitligini ochiqdan-ochiq buzish ekanligini aytdi. Afrikaga safari chog’ida mavzuga doir birinchi bahosini bergan Erdog’an, “Rossiyaning bu qarorini qabul qilib bo’lmas deb hisoblaymiz” dedi.

Haber Turk: “Erdog’an Zelenskiy bilan uchrashdi”

Prezident Erdog’an Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot qildi. Erdo'g'an va Zelenskiy o'rtasidagi uchrashuvda Donbasdagi Rossiyaning tan olish qarori muhokama qilindi. Uchrashuvda Erdog’an, Ukrainaning tuproq yaxlitligini nishonga olgan har qanday qarorga qarshi ekanliklarini ta’kidladi.

Hurriyet: “Turk kompaniyasi tomonidan qurilgan Senegal stadioni ochildi”

Senegalda bir turk firmasi tomonidan qurilgan 50 ming kishi sig'imli Senegal stadioni Prezident Erdog'an ishtirokidagi marosim bilan foydalanishga topshirildi. Xalqaro Futbol Federatsiyalari Assotsiatsiyasi (FIFA) rahbari Gianni Infantino, stadionni  qurgan kompaniya mutasaddilariga  turk tilida minnatdorchilik bildirdi.

Star: “Qozog‘iston: Turkiya har doim biz bilan bo‘lgan”

Qozog‘istonning Istanbuldagi Bosh konsuli Alim Bayel, “1991-yildan beri Turkiya bilan ikki tomonlama aloqalarimiz juda kuchli davom etmoqda. Turkiya har doim biz bilan bo'lgan. U bundan buyon doimo biz bilan  bo'lishda davom etadi." Bayel, "Transport, madaniyat, ta'lim, iqtisodiyot va xavfsizlik kabi ko'plab sohalardagi hamkorligimiz so'nggi yillarda juda katta sur'atga ega  deya  qayd etdi.

Yeni Shafak: “Hurkushning yangi harbiy varianti keladi”

Hurkush  ta’lim  samolyotining yangi harbiy varianti, "havo-yer integratsiya samolyoti" (HYEU)ning tip sertifikati yakunlandi. Barcha tadbirlar tugaganligini ko'rsatadigan hujjat bo'lgan Tur sertifikatini belgilashda 540 soatlik parvoz amalga oshirildi. Loyiha bilan havo kuchlari qo'mondonligining asosiy va ilg'or yangi avlod turboprop  ta’lim  samolyotlariga bo'lgan ehtiyojlarini qondirish maqsad qilingan.

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Matbuot , #Turk

Aloqador xabarlar