Matbuot sharhlari 18.02.2022

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1781022
Matbuot sharhlari 18.02.2022

Star gazetasi: Erdoʻgʻan Xalqaro Demokratlar ittifoqi yetakchilariga xitob etdi: Siyosiy aloqalarni judayam farqli tarzda rivojlantiramiz. Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan, kuni kecha Avstriyadagi Xalqaro Demokratlar ittifoqi vakillariga telefon orqali xitob etdi. Erdoʻgʻan oʻz nutqida, “Yuqori saviyadagi siyosiy aloqalarni judayam farqli tarzda rivojlantiramiz”.-dedi.

Haber Türk gazetasi: Turk hay’ati Isroil prezidentlik apparati va Tashqi ishlar vazirligi rasmiylari bilan uchrashdi. Turkiya Respublikasi Prezidentlik apparati Matbuot xizmati kotibi Ibrahim Kalin va Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Sedat Oʻnal ishtirokidagi hay’at kecha Isroil prezidentlik apparati va Tashqi ishlar vazirligi rasmiylari bilan uchrashdi. Uchrashuvlarda Isroil Prezidenti Ishak Gertsokning Turkiyaga uyushtiradigan tashrifiga tayyorgarlik, oʻzaro munosabatlar va mintaqaviy masalalar qoʻlga olingani bildirildi.

Vatan gazetasi: Aloqalar boʻlimi yetakchisi Altun: Turkiya NATOning geosiyosiy kelajagi markazidagi davlatdir. Prezidentlik apparati Aloqalar boʻlimi yetakchisi Faxrettin Altun Turkiyaning, NATOning geosiyosiy kelajagi markazidagi bir davlat ekanini qayd etdi. Altun kecha bergan bayonotida: “Turkiya ikki yoki koʻp qutbli dunyo ehtiyojlari uchun emas, xalqaro tizimda xavfsizlik va barqarorlikning ramzi boʻlishi lozimligi uchun NATOning bir parchasidir”.-dedi.

Hürriyet gazetasi: THY, uchish xavfsizligi boʻyicha eng muvaffaqiyatli havo yoʻllaridan biridir. Turk havo yoʻllari (THY), Yevropa aviatsiya xavfsizligi agentligi (EASA) tomonidan amalga oshirilayotgan “Chet el havo transportlari xavfsizligini tekshirish” dasturi doirasida uchish xavfsizligi boʻyicha Yevropaning eng muvaffaqiyatli aviakompaniyalari qatoridan joy oldi.

Yeni Şafak gazetasi: BAHA kelmoqda. Turkiya, Bulut osti insonsiz havo transporti BAHA uchun oʻz faoliyatlarini boshladi. Judayam farqli sharoitlarda foydalanilishi mumkin boʻlgan ushbu mahalliy transportlarning eksport imkonining ham yuqori ekani aytilmoqda.



Aloqador xabarlar