Matbuot sharhlari 17.02.2022

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1780031
Matbuot sharhlari 17.02.2022

 

Xabar turk gazetasi: “Turkiya iqtisodi eng yirik 10ta davlat qatoriga kiradi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'an dunyoni qamrab olgan  koronavirus pandemiyasi davrida Turkiya o’zining kuchli siyosati bilan ishlab chiqarishni va fuqarolarni qo'llab-quvvatlaganini bildirdi.

“Bu jarayonda biz nafaqat epidemiyaning birinchi oyida ko‘rilgan yo‘qotishlarning o‘rnini qopladik, balki sarmoya, aholi bandligini ta’minlash, ishlab chiqarish, eksport va joriy profitsitni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan iqtisodiy dasturimizni qat’iy amalga oshirish orqali belgilangan maqsadga erishdik. Biz aholi bandligi va eksport bo'yicha rekordlarni yangilagan davrni ortda qoldirdik.

 

Hurriyat gazetasi: “Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarga mezbonlik qilishga tayyormiz” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li  Rossiya va Ukraina tashqi ishlar vazirlari bilan telefon orqali muloqot qildi. Muloqot chog’ida Rossiya va Ukraina o'rtasidagi mojarolar muhokama qilinar ekan, vazir Chavusho'g'li Turkiya Rossiya va Ukraina o'rtasidagi muzokaralarga mezbonlik qilishga tayyor ekanligini takrorladi.

 

Sabah gazetasi: “BAAning Turkiyaga investitsiya kirish bo’yicha rejasi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Birlashgan Arab Amirliklari tomonidan Turkiyaga kiritiladigan 10 milliard dollarlik investitsiyaning yo'nalishi belgilandi. Ko'rfazdan birinchi investitsiya mudofaa sanoati sohasiga jalb etiladi. BAA Turkiyadagi qishloq xo‘jaligi, energetika, oziq-ovqat va informatika sohalariga ham sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda.

 

Yeni shafak gazetasi: “Qora dengiz gazi 2023 yilning birinchi choragida foydalanishga topshiriladi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya shu kungacha Qora dengizdan ikkita alohida burg'ulash faoliyati jarayonida jami 540 milliard kub metr tabiiy gaz topishga muvaffaq bo’ldi. Bu ko’rsatgich bilan butun Turkiya bo'ylab uy xo'jaliklarining tabiiy gazga bo’lgan ehtiyojini 25 yil davomida ta’minlab turish mumkin. 2023-yilning birinchi choragida Qora dengiz gazi uylarni isitishni boshlaydi.

 

Star gazetasi: “Turkiyada menga ko‘rsatilgan hurmat 10 ta Nobel mukofotidan ham muhimroq” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Nobel mukofoti sovrindori taniqli turk olim Prof. Aziz Sancar, Turkiya tomonidan ko'rsatilayotgan hurmat-ehtiromdan mamnun bo’lganligini va bu sevgi 10ta Nobel mukofotidan ham  muhimroq ekanini ta'kidlab, "Chunki 85 million aholi mening Turkiyani sevishimni, Turkiyaga xizmat qilishimni, Turkiyani qadrlashimni va qilayotgan barcha ishlarimni Turkiyaning muvaffaqiyati deb bilishimni yaxshi biladi”,-dedi.


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar