Matbuot sharhlari 14.02.2022

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1778326
Matbuot sharhlari 14.02.2022

Vatan gazetasi: Shusha deklaratsiyasi kuchga kirdi. 2021-yilning 15-iyuni kuni Ozarbayjonning Shusha shahrida qo‘l qo‘yilgan Turkiya bilan Ozarbayjon o‘rtasidagi ittifoqlik munosabatlari haqidagi Shusha deklaratsiyasini tasdiqlagan qonun, rasmiy gazetada chop etildi. Bunga ko‘ra Ozarbayjon bilan Turkiya ham harbiy ham da mudofaa sohasida hamkorlik ichida harakat qiladi.

Hürriyet gazetasi: THYdan Ukraina qatnovlari haqida bayonot. Turk havo yo‘llari (THY), Ukrainada yuz bergan voqealar tufayli Ukrainaga chipta olgan yo‘lovchilarning chiptasini qaytarib berish va o‘zgartirish haqqi berganini ma’lum qildi. Rasmiylar, qatnovlarning davom etganini ham bildirdi.

Sabah gazetasi: 100 mamlakat Turkiyadan tayyor kiyim xarid qilish uchun keldi. 9-11 fevral kunlari Istanbulda uyushtirilgan Istanbul Fashiom Connection Tayyor kiyim-kechak va moda yarmarkasiga qiziqish katta edi. Yarmarkaga qariyb 600 firma va 3 mingdan ortiq xaridor keldi. Roppa-rosa 25 ming kishi ishtirok etgan yarmarkaga dunyoning 100 davlatidan xaridor tashrif buyurdi.  

Haber Türk gazetasi: Teri eksportida ortish. Turkiyaning teri va teri mahsulotlari tarmog‘i bu yilgi yanvar oyida, o‘tgan yilning huddi shu oyiga nisbatan 21.5 foizlik ortish bilan 133.3 million dollarlik eksportga qo‘l qo‘ydi. O‘tgan oyda eng ko‘p teri va teri mahsulotlari eksporti yo‘lga qo‘yilgan 3 mamlakat Germaniya, Rossiya va Italiya deb qayd etildi. Shu doirada Germaniyaga 24.2 foizlik ortish bilan 12.8 million dollarlik; Rossiyaga 21.4 foizlik ortish bilan 10.8 million dollarlik va Italiyaga 71.4 foizlik ortish bilan 9.4 million dollarlik eksport yo‘lga qo‘yildi.

Yeni Şafak gazetasi: Turkiya o‘rmonlar barpo etish bo‘yicha Yevropada birinchi, dunyoda to‘rtinchi o‘rinda. O‘rmon muhandislari palatasi Bosh direktori Hasan Turkyilmaz, Turkiyaning eng ko‘p o‘rmon barpo etgan davlatlar qatorida Yevropada birinchi, dunyoda esa to‘rtinchi o‘rinda ekanini ma’lum qildi. Turkyilmaz, “30 yil muqaddam Turkiya hududining 19.78 million gektarlik maydoni o‘rmonli edi. Bugungi kunga kelib 22.9 million gektarlik maydon o‘rmonli deb qayd etilmoqda. Bu yetarli emas lekin to‘g‘ri yo‘ldamiz”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

 

 

 



Aloqador xabarlar