Matbuot sharhlari 09.02.2022

Prezident Rajap Tayyip Erdo’g’an kecha Abu Dabi valiahd shahzodasi Shayx Muhammad Bin Zayed Al Nahayon bilan telefon orqali muloqot qildi. Nahyan, yangi turdagi koronavirus (Kovid-19) testi ijobiy chiqqani uchun Erdog'anga eng yaxshi tilaklarini bildirdi.

1775688
Matbuot sharhlari 09.02.2022

 

Haber Turk: “Prezident Erdo’g’an Al Nahyan bilan uchrashdi”.

Prezident Rajap Tayyip Erdo’g’an kecha Abu Dabi valiahd shahzodasi Shayx Muhammad Bin Zayed Al Nahayon bilan telefon orqali muloqot qildi. Nahyan, yangi turdagi koronavirus (Kovid-19) testi ijobiy chiqqani uchun Erdog'anga eng yaxshi tilaklarini bildirdi.

Sabah: “Chavushog’ludan Isroil bayonoti”

Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavusho’g’li kechagi bayonotida, “Isroil bilan aloqalarimizda qo’yilishi kerak bo’lgan har qanday qadam Falastin da’vosi hisobiga chiqmaydi. U yerdagi pozitsiyamiz har doim aniq”. dedi.

Hurriyet: “Selchuk Bayraktar maqsadni e’lon qildi”

Baykar mudofaa texnik direktori Selchuk Bayraktar, Bayraktar BT-2 va UAVlarni t’amir qilish va ishlatishdan tashqari, Ozarbayjonda yuqori texnologiyani rivojlantiruvchi tashabbus ko'rsatishni rejalashtirganliklarini bildirdi.

Star: “Turkiya Oyga yuboradigan uchuvchisiz kosmik kema ishlab chiqarish bosqichida”

Turkiya Koinot Agentligi (TUA) Prezidenti Serdar Huseyin Yildirim kecha bergan bayonotida, “2 yil ichida bizni Oyga olib chiqadigan uchuvchisiz vosita ishlab chiqarish bosqichida” dedi.

Yeni Shafak: “Turkiya qishloq xo’jaligi mahsulotlari to’rt qit’ada qariyb bir milliard odamga targ’ib qilinadi”

Turkiya Eksportchilar Assambleyasi (TIM) turk eksport mahsulotlari va sektorlari haqida dunyo miqyosida xabardorligini oshirish maqsadida BBC World News bilan hamkorlik qildi. Hamkorlik doirasida BBC World News jamoalari 3 ta hujjatli film tayyorladi. Turkiyaning eksport mahsulotlari BBCning 4 qit'ada 1 milliardga yaqin tomoshabiniga filmlar orqali tanishtirilmoqda.

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Gazetalar , #Turk matbuot

Aloqador xabarlar