Matbuot sharhlari 07.02.2022

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1774396
Matbuot sharhlari 07.02.2022

                            

Star gazetasi: “Ko’plab davlatlardan Erdo’g’an va turmush o’rtog’iga shifo tilaklari bitilgan maktublar kelmoqda”  sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, ko’plab davlatlarning yetakchilari Prezident Rajab Tayyip Erdo‘g‘an va uning rafiqasi Emine Erdo‘g‘anga shifo tilab maktublar yo’llamoqda. Prezident Erdo’g’an, maktub yo’llagan yetakchilarning har biriga birma-bir minnatdorlik bildirmoqda.

 

Xabar turk gazetasi: “TANAP hajmining oshirilishini qo’llab-quvvatlaymiz” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya energetika va tabiiy manbalar vaziri Fotih Do’nmez Trans Anadolu tabiiy gaz quvur tarmoq loyihasi (TANAP) hajmini yanada oshirish kun tartibi haqida gapirdi.

“Ozarbayjon Prezidenti janob Ilhom Aliyev bilan Ozarbayjon Energetika Vaziri Shahbazov tabiiy gaz qidirish va uni qazib olishga sarmoya kiritishni tezlashtirganligini va imkon boricha tezkor ushbu liniya orqali gaz oqimini boshlash rejalashtirilganligini ma’lum qildi. Shuningdek, biz Turkiya sifatida hajmni oshirishni ma’qullashimizni bildirdik”,-dedi Turkiya energetika vaziri.

 

Yeni shafak gazetasi: “Avtomobil sanoati yanvar oyida 2,2 milliard dollarlik eksportni amalga oshirdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra,  Turkiya avtomobil sanoatining yanvar oyida amalga oshirgan eksporti 2,2 milliard dollarni tashkil etdi. Mamlakat eksportida birinchi o‘rinni egallagan sektorning jami eksportdagi ulushi 12,7 foizni tashkil etdi.

 

Hurriyat gazetasi: “Istanbul aeroporti Yevropada yetakchi o’rinda” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Yevropa Havo Navigatsiya Xavfsizligi Tashkilotining (EUROCONTROL) 27-yanvar va 3-fevral kunlarini qamrab olgan parvoz maʼlumotlariga koʻra, Istanbul aeroporti jami 7 ming 55 nafar reys bilan Yevropada eng koʻp reys amalga oshirilgan aeroport boʻldi.

 

Sabah gazetasi: “Ruslarning Turkiyada 5 yulduzli mehnat faoliyati” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Rossiyada koronavirusga chalinish holati ko'payishi sababli, mamlakatning yetakchi xususiy banklaridan biri bo'lgan Sovkombank o'z xodimlarini masofadan ishlash uchun Turkiyadagi 5 yulduzli mehmonxonalarga yuborishga qaror qildi.

Xodimlarning parvoz chiptalari va mehmonxona xarajatlari kompaniya tomonidan to’lanadi. Bir hafta muddatga Turkiyaga yuboriladigan xodimlardan koronavirusga qarshi to’liq emlangan bo’lishi talab qilinadi.


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar