Matbuot sharhlari 31.01.2022

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1770607
Matbuot sharhlari 31.01.2022

 

Xabar turk gazetasi: “Turkiyaning sog'liqni saqlash infratuzilmasi rivojlangan mamlakatlardan o'zib ketdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Turkiyaning sog'liqni saqlash infratuzilmasi shahar shifoxonalari, malakali tibbiyot xodimlari, tez yordam, vaksinatsiya va ishlab chiqarilgan dori vositalari bilan hatto rivojlangan davlatlardan ham oldinda ekanligini bildirdi.

Prezident shuningdek, Turkiyaning energiyaga bo’lgan ehtiyojini qondirishda qayta ishlab chiqariladigan mahalliy manbalar nisbati doimiy ravishda oshirilganligini, mamlakat sanoatini ishlab chiqarish va eksport quvvati bilan dunyoning yetakchi davlatlaridan biriga aylantirganligini bildirdi.

 

Star gazetasi: “Turkiya Rossiya va Ukraina uchun ishonchli hamkor” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Ozarbayjonlik ekspert Turan Rizayev Prezident Erdo’g’anning Rossiya va Ukraina o’rtasida vositachilik qilish taklifiga munosabat bildirib, Turkiya ikki davlat uchun eng ishonchli hamkorlardan biri ekanini aytdi.

“Turkiya nafaqat Rossiya bilan balki, Ukraina bilan ham yaqin aloqalarga ega. Shu ma’noda tomonlarni yarashtirishda Turkiyaning o’rtamchiligi juda muhim”,-deb aytgan Turan Rizayev.

 

Sabah gazetasi: “Turkiya Liviyada muvozanatni o’zgartirdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Al Jazira gazetasida chop etilgan maqolada Turkiyaning Liviyada siyosiy va harbiy jihatdan tutgan o’rni Shimoliy Afrika va O'rta yer dengizidagi muvozanatni o'zgartirgani qayd etildi. Maqolada Turkiya Liviya xavfsizlik poydevorining bir qismi ekanligi va mintaqadagi xorijiy kuchlarga qarshi muvozanat rolini o'ynagani ta'kidlandi.

 

Yeni shafak gazetasi: “"Adenovirus" usuli bilan ishlab chiqilgan turk vaktsinasi chiqmoqda” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiyada koronavirusga qarshi “adenovirus” usuli bilan ishlab chiqilgan birinchi vaksina barcha variantlardan uzoq muddatli himoya qilishni maqsad qilgan.

Hozirda vaksinaning 1-bosqich sinovlarini o’tkazayotgan Anqaradagi Saraton kasalligi bo’yicha tadqiqot olib boruvchi institut direktori prof. Hakan Akbulut: “Bizning vaktsinamiz mRNK va mamlakatimizda qo'llaniladigan inaktiv vaktsinalardan juda farq qiladi. Bu jonli vaktsina. Kuchli immunitet reaktsiyasini keltirib chiqarish potentsiali yuqori”,-dedi.

 

Hurriyat gazetasi: “Turkiyadan olib ketilgan tarixiy asarlar qaytarilmoqda” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, 2010-yilda Amerika rasmiylari tomonidan musodara qilingan Rim davriga oid 21 ta tarixiy asar o'tgan hafta Turkiyaga olib kelindi. Anadoluga oid 14 ta tarixiy asar esa, Manhetten prokuraturasi tomonidan Turkiyaga ekstraditsiya qilinishi uchun Turkiyaning Nyu Yorkdagi bosh konsulligiga topshirildi.

Bundan tashqari, Anqaraga olib kelinadigan 10 tasi Iskandar davriga oid, 2 tasi Lidiya davriga oid 12ta tanga va 2 ta Kilia but boshi Istanbul arxeologiya muzeyida ko'rgazmaga qo'yiladi.


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #matbuot , #Turkiya

Aloqador xabarlar