Matbuot sharhlari 28.01.2022

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1769544
Matbuot sharhlari 28.01.2022

 

Xabar turk gazetasi: “Milliy xavfsizlik kengashi bayonotida Rossiya va Ukraina sokinlikka chaqirildi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Milliy Xavfsizlik Kengashi Bayonotida, Rossiya va Ukraina o'rtasidagi taranglikning kuchayishi hech kimning manfaatiga xizmat qilmasligi  ta'kidlanib, tomonlarni o’zaro murosa bilan keskinlikni to’xtatishga chaqirdi.

 

Star gazetasi: “Vladimir Putin Erdo‘g‘anning taklifini qabul qildi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Rossiya davlat rahbari Matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘anning taklifini qabul qilganligini ma’lum qildi.

 

Hurriyat gazetasi: “Chavushog’lining Rossiya-Ukraina tarangligiga munosabati” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Rossiya bilan Ukraina o’rtasidagi taranglikka o’z munosabatini bildirdi.

“Tanglik to’qnashuvga aylanmasligi kerak. Umid qilamanki, Ukraina bilan diplomatik muloqot davom etadi”,-dedi.

 

Sabah gazetasi: “Turkiyadan Afg'onistonga gumanitar yordam olib ketuvchi birinchi poyezd yo'lga tushdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdog’anning ko’rsatmasi bilan Turkiyadan Afg’onistonga gumanitar yordam olib ketayotgan poyezdlarning birinchisi yo’lga otlandi.

Yuk poyezdi Transport va infratuzilma vaziri Odil Karaismailog’lu hamda Ichki ishlar vaziri Sulaymon So’ylu ishtirokidagi marosim bilana poytaxt Anqaradan Afg’onistonga tomon jo’nab ketdi. Poyezdda 750 tonnaga yaqin insonparvarlik yordami o’rin olgan.

 

Yeni shafak gazetasi: “Turkiyaning uchta yirik burg'ulash kemasi Qora dengiz gazi uchun bir vaqtning o'zida ish olib boradi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya jami 540 milliard kub metr tabiiy gazni kashf etgan Qora dengizda “Yovuz” burg'ulash kemasi mart oyi oxirida o’z faoliyatini boshlashi kutilmoqda. Shunday qilib, Turkiyaning uchta yirik burg'ulash kemalari “Fotih”, “Kanuni” va “Yovuz” 2023 yilda Qora dengiz gazini foydalanishga topshirish uchun bir vaqtning o'zida ishlaydi.


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar