Matbuot sharhlari 25.01.2022

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1767658
Matbuot sharhlari 25.01.2022

 

Vatan gazetasi: “O’mer Chelik Rossiya-Ukraina inqiroziga munosabat bildirdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Adolat va Taraqqiyot partiyasi rahbari o’rinbosari va Partiya voizi O’mer Chelik Rossiya-Ukraina inqiroziga munosabat bildirdi . Uning ta’kidlashicha,  prezident Rajap Tayyip Erdog’anning Rossiya va Ukraina inqirozini bartaraf etishga qaratilgan sa’y-harakatlari xalqaro maydonda ijobiy kutib olindi.

“Ko'pchilik davlatlar inqirozning faqat bir tomoniga yondashar ekan, birgina Turkiya inqirozning ikkala tomoniga ham jumladan, Ukrainaga ham, Rossiyaga ham ijobiy maslahatlar berishi mamlakatning kuchli irodasini ko’rsatadi”,-deb aytgan O’mer Chelik.

 

Sabah gazetasi: “Vazir Fahriddin Ko’jadan omicron bo’yicha umidlantiruvchi bayonot” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Sog'liqni saqlash vaziri Fahriddin Ko’ja koronavirusning omicron shtammi bo’yicha bayonot berdi.

"Omicron varianti epidemiyani tugatish umidi bo'lishi mumkin. Ilmiy tadqiqotlar natijalariga ko'ra, emlangan odamlar omikronga chalinganida, kasallikni osonlik bilan yengib o'tadi va immunitet darajasi ko'tariladi. Virusga qarshi emlaning va ertangi kunga umid bilan qarang!”,-dedi Turkiya Sog'liqni saqlash vaziri.

 

Star gazetasi: “Nafaqat mamlakatimizning, balki Turkiyaning ham manfaatlarini himoya qilamiz” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Bosh vaziri va Milliy birlik partiyasi (UBP) raisi Faiz Sujuog’lu muhim bayonot berdi.

“Biz turk millatining janubdagi bo’lagimiz. Ya’ni uning O'rta yer dengizidagi posbonimiz. Biz Moviy Vatanning qoq o‘rtasida Shimoliy Kipr Turk Respublikasi hamda Turkiya manfaatlarining himoyachisimiz”,- dedi Faiz Sujuog’lu o’z bayonotida.

 

Hurriyat gazetasi: “Tesladan Turkiya hamlasi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, elektromobil ishlab chiqarish kompaniyasi “Tesla” Turkiyada asos solingan "Tesla Motors" nomli kompaniyasiga nisbatan uchta muhim qadam tashladi. Kompaniyaning menejyeri avvalroq Lufthansaning Turkiya va Iroqdan mas’ul menejeri lavozimida ishlagan Kemal Gecher bo’ldi.  Kompaniya tezda qayta isloh qilinib, joriy yilda Model X, Model Y, Model 3 va Model S deb nomlangan 4 ta yangi modelni sotuvga chiqaradi.

 

Xabar turk gazetasi: “Po’lat xomahsyosini ishlab chiqarishda rekord” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, o'tgan yili Turkiyada 40 million tonnadan ortiq po'lat xomashyosi ishlab chiqarildi. Bu 2020 yilga nisbatan 12,7 foiz ortish demakdir. Natijada ushbu ko’rsatgich bilan bugungacha bo’lgan eng yuqori ishlab chiqarish hajmiga erishildi.


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #matbuot , #Turkiya

Aloqador xabarlar