Matbuot sharhlari 21.1.2022

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1766034
Matbuot sharhlari 21.1.2022

 

Sabah gazetasi: “Erdo’g’an qo’shma matbuot anjumanida muhim bayonot berdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'an kecha 20-yanvar kuni El Salvador Prezidenti Nayib Bukele bilan qo’shma matbuot anjumani o’tkazdi.

Erdo’g’an anjumanda so’zlagan nutqida Rossiya-Ukraina inqiroziga diqqat qaratdi.

"Bizning maqsadimiz janob Putin va Zelenskiyni yarashtirish va bunga zamin yaratish”,-deb aytgan Erdo’g’an.

 

Xabar turk gazetasi: “Mavlud Chavushog’lidan Rum boshqaruviga keskin e’tiroz” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Kipr Rum boshqaruvi terror tashkiloti PKKning siyosiy jabhasi  PYDga o’z hududlarida vakolatxona ochishga ruxsat berganiga munosabat bildirdi.

“Vakolatxona ochish va terror tashkilotlariga mezbonlik qilish olov bilan o'ynash demakdir. Bu yerda vakolatxona ochishlariga ruxsat berishadi, ertaga bu yerdan Turkiyaga tahdid bo‘lsa, Kipr turklariga qarshi hujum bo‘lsa, uning javobi og’ir bo’ladi. O’t bilan o’ynamasinlar va terror tashkilotlari bilan hamkorlik qilmasinlar”,-deb aytgan Mavlud Chavushog’li.

 

Hurriyat gazetasi: “Vazir Fahriddin Ko’ja dunyoda birinchi bo’ladi dedi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Sog'liqni saqlash vaziri Fahriddin Ko’ja: "2 doza BioNTech vaktsinasini qabul qilganlarga 1 doza Turkovac vaktsinasini emlashni boshlaymiz. Mikroorganizmning antikor hosil qiluvchi antijenik tuzilishga ega vaksinaga qo’shimcha ravishda inaktiv qilingan vaksina emlash dunyoda birinchi bo'ladi" dedi.

 

Star gazetasi: “Turk bazasiga 6 marta safar” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, ikki kundan keyin Antarktidaga oltinchi ekspeditsiya uyushtirilishini bildirgan Turkiya Sanoat va texnologiya vaziri Mustafa Varank, “Ma’lumki, 2017-yildan buyon qit’aga 5 ta ilmiy ekspeditsiya uyushtirdik. Umid qilamanki, ikki kundan keyin 20 kishilik guruh bilan 6-ekspeditsiyamizga chiqamiz”,-dedi.

 

Vatan gazetasi: “Usmoniy podshohlarining kartinalari Britaniyada 1 mln 346 ming sterlinga sotildi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Shotlandiyada bir xonadonda avloddan avlodga saqlanib kelayotgan Usmoniy podshohlarining  kartinalari kutilgandan ham yuqori narxga ya’ni, 1 million 346 ming sterlinga (24,5 million lira) sotildi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #matbuot , #Turkiya

Aloqador xabarlar