Matbuot sharhlari 07.01.2022

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1758582
Matbuot sharhlari 07.01.2022

 

Hurriyat gazetasi: “Turkiya Qozog’istonga yordamga tayyor” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Turkiy Davlatlar Tashkiloti yetakchilari, shuningdek Qozog’iston Prezidenti Qosim Jo’mart To’qayev bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbat chog’ida Qozog’istondagi so’nggi o’zgarishlar muhokama qilindi. Qozog'istonda yangi hukumatning eng qisqa vaqt ichida tashkil etilishi va taranglikning qisqa vaqt ichida to'xtashidan umidvor ekanini tilga olgan Erdo'g'an, Qozog'iston xalqining o'zaro ishonch va muloqot doirasida muammolarni yengib o'tishiga ishonganligini aytdi.

 

Sabah gazetasi: “Milliy jangovar samolyot 2023 yilda angarni tark etadi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an mamlakatda ishlab chiqariladigan milliy harbiy samolyot haqida xushxabar berdi.

"Milliy jangovar samolyotimizni 2023-yilda butun dunyoga ko'rsatamiz. Qirg’in samolyotimiz 2025-yilda ilk parvozini amalga oshiradi va 2029-yilda samodagi o'rnini egallaydi", - dedi Erdo'g'an.

 

Xabar turk gazetasi: “Turkiya uchuvchisiz havo vositalari ishlab chiqarish bo'yicha kuchli uchtalik qatoriga kiradi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an hozirda ishlab chiqilgan mahalliy havo mudofaa tizimlarida HİSAR vositasini ishlab chiqarganligini, yaqinda SİPER va boshqa loyihalarni yakunlashini aytdi.

Erdo‘g‘an Turkiya hozirda uchuvchisiz boshqariladigan havo vositalari ishlab chiqarish bo‘yicha dunyodagi 3 davlatdan biri ekanligini ta’kidladi.

 

Star gazetasi: “Turkiyadan Isroilga keskin javob” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Tashqi ishlar vazirligi, Quddus hokimiyatiga qarashli Mintaqaviy rejalashtirish va qurilish qo'mitasining ishg'ol ostidagi Sharqiy Quddusdagi 3557 ta yangi turar-joyni o’z ichiga olgan 5ta inshoot loyihasiga ruhsat berganligini qoraladi.

Vazirlik tomonidan qilingan yozma bayonotda, Isroil tomonidan bosib olingan Falastin tuproqlarida qurilayotgan turar-joylar nafaqat BMT qarorlariga, balki  xalqaro huquqqa zid ekanligi eslatildi.

 

Yeni shafak gazetasi: “78ta shahar boshqaruvi eksport hajmini oshirdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiyaning 2021-yilda 225 milliard dollarlik eksport muvaffaqiyati ortida “Anadolu yo‘lbarslari” nomi bilan tanilgan shaharlarning hissasi katta. Mamlakat bo’ylab 78 viloyat eksport hajmini oshirdi. 48 viloyat yillik eksport rekordini yangiladi. 16 shahar o'z eksportini 50 foizdan ko'proqqa oshirdi. 4 milliard dollar eksport qilgan Hatayda po'lat savdosi birinchi o'rinda. To'qimachilik va temir eksporti bilan mashhur bo’lgan Kahramanmarash o’z daromadini 1,3 milliard dollarga chiqardi.


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar