Matbuot sharhlari 28.12.2021

Hurriyet Vazir Chavusho’g’li e’lon qild.Armaniston bilan birinchi uchrashuv Moskvada bo’lib o’tadi.

1753397
Matbuot sharhlari 28.12.2021

 

Hurriyet: “Vazir Chavusho’g’li e’lon qildi… Armaniston bilan birinchi uchrashuv Moskvada bo’lib o’tadi”.

Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavusho’g’li, Armaniston va Turkiya maxsus vakillari o’rtasida rejalashtirilgan uchrashuvlar haqida, “Ikki tomon o’zlarining maxsus vakillarini tayinladilar. Bizning taassurotimizga ko’ra, birinchi uchrashuv Armanistonning bu yo’nalishdagi istagi, Moskvada bo’lib o’tadi. " dedi.

Yeni Shafak: “TURKOVACga xorijdan talab”

Turkiya Sog'liqni saqlash institutlari (TÜSEB) rahbari, professor doktor Erhan Akdog'an, favqulodda foydalanish uchun ruxsat berilgan TURKOVAC uchun xorijdan talablar borligini va kerakli rejalashtirish amalga oshirilganligini aytdi.

Haber Turk: "Vazir Varank: X-ray qurilmalari endi ASELSAN tomonidan mahalliy ishlab chiqarilmoqda"

Sanoat va texnologiya vaziri Mustafa Varank, millionlab dollarlik joriy hisob kamomadiga sabab bo'lgan import qilingan rentgen apparatlarining endi ASELSAN tomonidan mahalliy ishlab chiqarilishini bildirdi.

Sabah: “Istanbul aeroportlaridan yuk va tijorat reyslari ortdi”

Joriy yilning 11 oylik davrida Istanbuldagi barcha aeroportlardan kirish va chiqish reyslari orqali tashilgan yuk miqdori 30 foizga, amalga oshirilgan tijorat reyslari esa 45 foizga oshdi.

Star: “Milliy suzuvchi Emre Sakchidan jahon rekordi”

Milliy suzuvchi Emre Sakchi qisqa masofada o'tkazilgan Jahon chempionatida 50 metrga brass usulida suzishda 24,95 natija bilan rekord o'rnatdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Gazetalar , #Turk Matbuot

Aloqador xabarlar