Matbuot sharhlari 12.11.2021

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1733089
Matbuot sharhlari 12.11.2021

 

Yeni shafak gazetasi: “Prezident Erdo’g’andan Michotakisga keskin ifodalar” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Gretsiya bosh vaziri Kiryakos Michotakisning Turkiya haqidagi bayonotini tanqid qildi.

“5 million qochqinga mezbonlik qilayotgan davlatni nishonga olish mutlaqo noshukurlikdir. Dunyoni aldashingiz mumkin, lekin Turkiyani alday olmaysiz”,-deb aytgan Turkiya prezidenti.

 

Star gazetasi: “Tashqi ishlar vazirligidan g'arbga migratsiya inqirozi bo’yicha e’tiroz” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya tashqi ishlar vazirligi Belarus-Polsha chegarasidagi immigratsiya muammosi bilan bog'liq Turkiya haqida qilingan noo’rin bayonotlarga munosabat bildirdi.

“Turkiya taraf bo'lmagan mavzuda muammoning bir qismi sifatida ko'rsatilishiga qarshimiz. Bundan tashqari, ushbu mavzu bo'yicha ma'lumotlar oshkora yetkazilishiga qaramay, biz Turk Havo Yo'llari kabi global miqyosda obro'li kompaniyamizning nishonga olinganligini qastdan amalga oshirilgan deb baholaymiz”,-deyiladi bayonotda.

 

Vatan gazetasi: “Turkiya qurolli kuchlari dunyoda kam sonli qo'shinlar egallashi mumkin bo'lgan yuqori texnologiyaga ega” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar: “Turkiya Qurolli Kuchlari hozirda dunyoda juda kam sonli armiya qo‘lga kirita oladigan yuqori texnologiyali afzalliklarga ega bo‘ldi. Mudofaa sanoati tashkilotimiz tomonidan yaratilgan malakali kadr resurslari va ekotizim bilan erishgan darajamizdan haqiqatan ham faxrlanamiz”,-dedi.

 

Hurriyat gazetasi: “Yevropa Ittifoqi Turkiya uchun o'sish prognozini qayta ko'rib chiqdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Yevropa Ittifoqi komissiyasi 2021 yil kuzgi Yevropa iqtisodiy prognozlari hisobotida Turkiya uchun o'sish taxminlarini 5,2 foizdan 9 foizga oshirdi.

 

Star gazetasi: “NATOdan tarixiy Hurkush qarori” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, NATO Fuqaro aviatsiyasi bosh boshqarmasini (SHGM) “fuqarolik aviatsiyasi organi” sifatida tan oldi.

Turkiya Transport va infratuzilma vaziri Adil Karaismailog'lu tomonidan “tarixiy qadam” deb baholangan ushbu qarorga binoan,  Hurkush samolyoti NATOga a'zo davlatlarning qo'shinlarida harbiy maqsadlarda ishlatilishi mumkin.


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #matbuot , #Turkiya

Aloqador xabarlar