Matbuot sharhlari 16.08.2021

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1691873
Matbuot sharhlari 16.08.2021

Hürriyet gazetasi: Erdoʻgʻan: Barqarorlik uchun har qanday gʻayratni koʻrsatamiz. Prezident Rajap Tayyip Erdoʻgʻan Istanbuldagi kemasozlik qoʻmondonligida uyushtirilgan marosimda soʻzlagan nutqida, “Afgʻonistonda tez kunlarda barqarorlikni ta’minlash uchun har qanday gʻayratni koʻrsatamiz. Bu borada Pokiston bilan ham hamkorlik qilamiz”. - dedi.

Yeni Şafak gazetasi: Prezident Erdoʻgʻan: Mudofaa sanoatida dunyoning eng yuqori choʻqqisiga chiqamiz. Prezident Rajap Tayyip Erdoʻgʻan Istanbuldagi kemasozlik qoʻmondonligida uyushtirilgan marosimda soʻzlagan nutqida, Turkiyaning Mudofaa sanoatida tashqariga boʻlgan qaramlilikning 80 foizdan 20 foizga tushganini belgilab oʻtgan holda, “Mudofaa sanoati tarmogʻida dunyoning eng yuqori choʻqqisiga chiqamiz”. - degan ifodalarga oʻrin berdi.

Vatan gazetasi: Turkiya tarix sahifasidan oʻrin oldi. Eskishahar Texnik universiteti tomonidan boshqarilgan va 2007-yili olgan ishlatish haqidagi ruxsati orqali dunyoda ilk, Turkiyada esa yagona “universitet aeroporti” sifatida tarix sahifalaridan oʻrin olgan “Hasan Polatkan” nomidagi aeroport Belgiya, Germaniya, Fransiya, Niderlandiya bilan xaj va umra safarlari bosh boʻlish bilan birga bir yilda 100 ming yoʻlovchiga xizmat bermoqda.

Sabah gazetasi: Turk yangi meva va sabzavotlari bu yilning ilk 7 oyida eng koʻp Rossiyaga sotildi. Bu yilning yanvar oyidan iyul oyigacha Turkiya 1 milliard 638 million dollarlik yangi meva va sabzavotlar eksportining 32 foizini Rossiyaga yoʻlga qoʻydi. Rossiyaga 526 million 818 ming dollarlik eksport amalga oshirildi.

 



Aloqador xabarlar