Matbuot sharhlari 13.08.2021

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1690648
Matbuot sharhlari 13.08.2021

Sabah gazetasi: Prezident Erdoʻgʻan: “Davlat bor imkoni bilan safarbar”. Prezident Rajap Tayyip Erdoʻgʻan mamlakatning Qora dengiz mintaqasida ayniqsa Bartin, Sinop va Kastamonu viloyatlarida sodir boʻlgan suv toshqinini yaqindan kuzatar ekan, undan katta ziyon koʻrgan mintaqalardagi shahar va tuman yetakchilari bilan telefon orqali muloqat qildi. Erdoʻgʻan, davlatning bor imkoni bilan safarbar ekanini qayd etdi.

Hürriyet gazetasi: Hulusi Akar: “Turk askarlarini xavf ostiga qoʻyolmaymiz”. Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar Afgʻonistondagi aeroportning vaziyati haqida, “Yaqin kunlarda bu mavzu shakllanadi. Turk askarlarini har qanday sharoitda xavf ostiga qoʻyolmaymiz”. – dedi.

Yeni Şafak gazetasi: Tashqi Ishlar vazirligi avstriyalik vazirga javob berdi. Tashqi Ishlar vaziri oʻrinbosari Faruk Kaymakchi, Avstriya Ichki Ishlar vaziri Karl Nehammerning muhojirlar masalasida Turkiyani igʻvogarchilikda ayblashiga norozichilik bildirdi va Yevropa ittifoqini noqonuniy muhojirlarga qarshi birgalikda harakat qilishga chaqirdi.

Haber Türk gazetasi: Bekir Pakdemirli: Yongʻinlarning hammasini nazorat ostiga oldik. Qishloq va oʻrmon xoʻjaligi vaziri Bekir Pakdemirli, Turkiyadagi yongʻinlarning hammasi nazorat ostiga olinganini ma’lum qildi. Pakdemirli mavzu haqida kecha bergan bayonotida: “Ofat paytida aziz xalqimiz bilan oʻrmonlarimiz uchun bir yoqadan bosh, bir yengdan qoʻl chiqardik. Yongʻinlarning hammasini nazorat ostiga oldik”. – deya gapirdi.

Star gazetasi: Mustafa Varank: Ishlab chiqarish orqali oʻsishni davom etamiz. Sanoat va texnologiya vaziri Mustafa Varank, yuqori texnologiyali ishlab chiqarish sanoatida koʻzda tutilgan oylik va yillik bazadagi ortishlarning sanoatdagi oʻzgarish va sifati jihatidan qanchalik ahamliyatli ekaniga e’tibor qaratgan holda, “Ishlab chiqarish orqali oʻsishni davom etamiz”.- degan ifodalarga oʻrin berdi.

 

 



Aloqador xabarlar