Matbuot sharhlari 12.08.2021

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1690201
Matbuot sharhlari 12.08.2021

Yeni Şafak gazetasi: Turkiyaning muhojirlar siyosati. Prezident Rajap Tayyip Erdoʻgʻan, xususiy telekanal dasturlaridan birida Turkiyaning muhojirlar siyosati haqida bayonot berdi va unda, “Biz Eron va Iroq darvozalarida devorlarimizni jiddiy ravishda koʻtaryapmiz. Koʻtarilgan devorlar mamlakatimizga muhojirlarning noqonuniy ravishda kirishlariga toʻsiqlik qilish uchundir. Faoliyatlar davom etmoqda. Yaqinda chegaralarimiz shu devorlar orqali bekitiladi”. – dedi.

Vatan gazetasi: Hulusi Akar pokistonlik kasbdoshi bilan uchrashdi. Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar Pokistonga boʻlgan tashrifi chogʻida Mudofaa sanoati vaziri Zubayda Jalol bilan uchrashdi. Hulusi Akar unda, FETO bosh boʻlish bilan birga terrorga qarshi kurash masalasida birgalikda harakat qilinishi kerakligini ta’kidladi.  

Hürriyet gazetasi: AQShlik kongress a’zolaridan Qurolli uchuvchisiz havo transportlari haqida taklif. AQShda arman lobbisiga yaqin 27 nafar kongress a’zosi, AQSh Davlat kotibi Entoni Blinkenga yozgan maktubida, Baykar Mudofaa tomonidan ishlab chiqarilgan Qurolli-qurolsiz havo transportlarining Janubiy Osiyo, Kavkaz, Shimoliy Afrika, Sharqiy Oʻrta yer dengizi va Yaqin Sharqda Amerika manfaatlariga toʻgʻri kelmasligini ifoda etdi. Kongress a’zolari AQSh nomidan Turkiyani dron texnologiyasi eksportini yoʻlga qoʻymaslikka chaqirdi.

Star gazetasi: Vivo Turkiyada oʻz faoliyatini boshladi. Xitoyning Vivo kompaniyasi Turkiyaning Koʻjaeli viloyatiga qarashli Gebze tumanida, 20 million dollar investitsiya kiritgan fabrikada birinchi uyali telefonlarini ishlab chiqarishga ulgurdi. Bir yilda qariyb 5 million dona uyali telefon ishlab chiqarishni rejalashtirgan ta’sis, 2 ming kishini ish bilan ta’minlash niyatida.    

Sabah gazetasi: Turkiya “Dengiz olabugʻasi” eksportida dunyoda ikkinchi oʻrinda. Samsun Sinop dengiz mahsulotlari yetishtiruvchilari ittifoqi raisi Oʻsman Parlak, Turkiyaning dengiz olabugʻasi eksportida dunyoda birinchi, forel va chupra eksportida esa dunyoda ikkinchi oʻrinda ekanini ma’lum qildi.

 



Aloqador xabarlar