Matbuot sharhlari 06.08.2021

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1686746
Matbuot sharhlari 06.08.2021

Yeni Şafak gazetasi: Milliy Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida yong‘inga qarshi kurash masalasi qo‘lga olindi. Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an boshchiligida bo‘lib o‘tgan Milliy Xavfsizlik kengashi yig‘ilishi ortidan e’lon qilingan bayonotda, Turkiyada davom etgan yong‘inlarga qarshi kurash ko‘rib chiqilib, qoshimcha chora-tadbirlar qayd etildi.

Hürriyet gazetasi: Shentop: Eng ko‘p Eron va Turkiyaga ta’sir qilmoqda. Turkiya Buyuk Millat majlsi raisi Mustafa Shentop, Eron majlis raisi Muhammad Bakir Kalibaf bilan bo‘lgan uchrashuvida, Afg‘onistondagi migratsiya muammosining eng ko‘p Eron va Turkiyaga ta’sir qilayotganini belgilab o‘tgan holda, “Afg‘onistonda barqarorlikni ta’minlash va migratsiya to‘lqinining to‘xtatilishi uchun hamkorligimizni orttirishimiz zarur”. – dedi.  

Haber Türk gazetasi: Faxrettin Ko‘ja intellektual mulk huquqiga e’tibor qaratdi. Sog‘likni Saqlash vaziri Faxrettin Ko‘ja, vaksina ishlab chiqargan mamlakat va shirkat vakillari ishtirokida uyushtirilgan Covid-19 Vaksina hamkorligi forumida so‘zlagan nutqida, intellektuel mulk haqlari masalasining haligacha hal qilinmasligining noto‘g‘ri ekanini ta’kidlagan holda, “Xalqaro hamkorlikning bu borada tezlashtirilishi kerak degan fikrdaman”. – dedi.   

Sabah gazetasi: TOGG chet eldan eng avvalo Germaniyaga eksport qilinadi. Mahalliy avtomobil TOGG rahbari Gurjan Karakash, 2022 – yil oxirida seriyaviy ishlab chiqarish lentalaridan transportlarning chiqishini va avvalom bor uning Turkiya bozorlariga taqdim etilishini ma’lum qildi. Karakash, “Qariyb 1.5 yil ortidan Germaniya, ortidan esa Yevropadagi boshqa bozorlarga eksport qilinadi”. – dedi.

Star gazetasi: Turkish Cargo muhim muvaffaqiyatga imzo chekdi. Xalqaro havo transporti birligi chop etgan ma’lumotga ko‘ra o‘tgan yili iyun oyida tashigan yuk nisbati bilan oltinchi qatorda o‘rin olgan Turkish Cargo, 2021-yilning iyun oyida Amerika, Yevropa va Uzoq Sharqdagi raqiblarini ortda qoldirib, uchinchi o‘ringa ko‘tarildi.   

 



Aloqador xabarlar